Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 60:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
S.ning qad. sanʼat yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatosh rasmlari, SakcheGyozyu sopoli, tosh va loydan yasalgan haykalchalar). Mil. av. 2ming y.likning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada — hoz.hozirgi Halab) ravnaq topishi bilan birga meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16—14-a.lardagi sanʼat asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining taʼsiri seziladi. Mil. av. 9-a.da Ossuriya, mil. av. 4-a.dan mil. 4-a.gacha yunon meʼmorligi anʼanalari ruhida inshootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar).
 
5—6-a.larda S.da mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shaxba qadama naqqoshligi). Tosh va suyak oʻymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7—8-a.larda S. arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. Oʻsha davrda oʻrta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, Madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va b. barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alGʻarbi, 8-a., Damashkdagi toqiravoqli jome masjid, 705—715 y.lar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims sh. yaqinidagi Klark deShevalye qoʻrgʻoni, 12-a.). 13—15-a.larda meʼmorlikda bezakka koʻp eʼtibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi sanʼati yuqori bosqichga koʻtarildi.