Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Suy''', Suy xonligi — Xitoydagi sulola va davlat (581—618). Asoschisi — sarkarda Yan Szyan (Yang Jyan); u imperator Vendi (581—604 y.larda hukmronlik qilgan) nomi bilan mashhur boʻlgan. U 589 y. mamlakatning jan. va shim.ni birlashtirib, xitoylik boʻlmagan elatlarning shim.
 
dagi hukmronligiga chek qoʻygan. Davlat hududi sharqda dengiz qirgʻoqlarigacha, gʻarbda Sharqiy Turkistongacha, jan.da hoz.hozirgi XXRning Yunnan oʻlkasigacha va shim. da Ichki Moʻgʻulistongacha kengaygan. Mamlakatni boshqarishni markazlashtirishga qaratilgan islohotlar oʻtkazgan. Poytaxti — Changʼan (hoz. Sian) boʻlgan. Vendi taxtga chiqqan dastlabki yillarida dehqonlarga yon bosgan. Imperator Yan Guan (Yandi) davrida (605—617) Xitoydagi Buyuk kanalning asosiy kismi qurilgan. Yan Guan Koreyaga (611 — 614), Jan.da — Vyetnamdagi Vansuan davlatiga, Gʻarbda — turkiy qabilalar va tuguxunlarga qarshi bosqinchilik urushlari olib borgan. Turkiy qabilalarga qarshi kurash jarayonida u turklarni 2 ga boʻlib tashlash va ular orasiga nizo solish, shu asosda yuzaga kelgan ichki ziddiyatlardan foydalanib oʻz maqsadiga erishish rejasini amalga oshirishga harakat qildi. Yan Guan kattiqqoʻl, qonxoʻr, maishatboz, ortiqcha mablagʻ talab qiladigan yirik tadbirlar oʻtkazishni yaxshi koʻrgan. S. dehqonlar qoʻzgʻolonlari (611—618) va oʻzaro ichki nizolar tufayli barham topgan. 618 y. hokimiyatni Tayyuan (hoz. Shansi viloyati) noibi Li Yuan egallab olib, yangi Tan sulolasiga asos solgan.
 
{{stub}}