Tan: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teg: Qaytarildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k hoz. → hozirgi Teg: Qaytarildi |
||
Qator 1:
'''Tan''', Tang — oʻrta asrlarda Xitoyda mavjud boʻlgan markazlashgan davlat va sulola (618—907). "T." atamasi — magʻrurlanish, tasodif maʼnosini anglatadi. Asoschisi — Li Yuan (566— 635) boʻlib, Gaozu nomi bilan taxtni boshqargan (618—626). T. davlatining tashkil topishi 610 y. Xitoyda Suy sulolasiga qarshi boshlangan xalq qoʻzgʻoloni bilan bevosita bogʻliq. Yirik amaldorlar fursatdan foydalanib taxtni egallashga intilgan. Ulardan Shansi oʻlkasining rahbari Li Yuan turkiy qavmlar bilan yaqin boʻlgani uchun katta salohiyat va imkoniyatga ega boʻlgan. U 3 nafar oʻgʻillari bilan turkiy qavmlar yordamida Suy sulolasini himoya qilish bahonasida poytaxt Chanʼan (hoz. Sian)ga kirib olgan va oʻzini imperator deb eʼlon qilib, oʻz hokimiyatini T. deb atagan. 630 y.dan T. faol tashki siyosat yurgiza boshlagan va dastavval Buyuk ipak yoʻlini qoʻlga kiritishga xarakat qilgan. 640 y. Turfon (Gavchan) davlatiga hujum qilib uni yoʻq qilgan, soʻnfa Sharkiy Turk xoqonligi, Uygʻur xonligi va Gʻarbiy turk xoqonligi kabi davlatlar bilan urush olib borgan. Bu urush jarayonida T. ular oʻrtasidagi ziddiyatlardan toʻla foydalanish va biri bilan doʻstlashib, ikkinchisini yoʻqotish, ularni ichidan zaiflashtirib, soʻnggi (pirovard) gʻalabani qoʻlga kiritish amaliyotini qoʻllagan. 645—668 y.larda T. Koreyani tobe etgan, soʻng Manjuriyadagi moxe va kidon qabilalari hokimiyatini tugatgan. 747 y. T. armiyasi
{{stub}}
|