Ural tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 5:
U.t.ning keng hududda tarqalganligi, boshqa xalklar tillarining taʼsiri bu tillarning turli satxlarida namoyon boʻluvchi katta tipologik farkdarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Mac, perm, ugor, mordva va mariy tillari agglyutinativ tillar boʻlsa, boltiqboʻyifin, samodiy tillari, ayniqsa, saam tili sezilarli flektiv xususiyatlarga ega. Maʼlum bir guruhga mansub tillar oʻrtasidagi yaqinlik darajasi bir xil emas. Saam tili oʻz xususiyatlariga koʻra boltiqboʻyifin tillariga oʻxshab ketsada, bu guruhga kiritilmaydi. Volga guruhidagi tillarning oʻzaro farklari ancha sezilarli. Xanti tilining ayrim laxjalari bir tilning lahjalaridan koʻra koʻproq mustaqil qarindosh tillarga oʻxshaydi.
 
U.t. oʻz kelib chiqishlaridagi umumiylikni koʻrsatuvchi belgilarni namoyon etadi: umumiy lugʻaviy qatlamlar, soʻz oʻzgartiruvchi va soʻz yasovchi qoʻshimchalarning shakliy yaqinligi, egalik suffikslarining mavjudligi, ishharakatning amalga oshishidagi davomiylik, koʻp martalilikni yoki oniylik, bir martalilikni bildiruvchi suffikslarning kupligi va b. Shu bilan birga, ayrim hoz.hozirgi U.t. sezilarli uziga xoslik bilan ajralib turadi: undosh fonemalar miqdori adabiy perm tillarida 26 taga yetsa, fin tilida ular boryugʻi 14 ta. U.t.da urgʻuning xususiyati ham bir xil emas: birinchi, oxirgi va undan oldingi boʻgʻinda bogʻliq holdagi urgʻular uchraydi. Unlilarga va diftonglarga boy boʻlgan tillar (mas, fin tili), shuningdek, turlituman undoshlari koʻp, lekin diftonglari oz bulgan tillar (perm tillari) ham bor. Kelishiklarning umumiy soni 3 tadan (xanti tili)23 tagacha (venger tili) yetadi. Oʻtgan zamon feʼllari tizimi tipologik jihatdan birbiriga uxshamaydi. Fin va eston tillaridagi utgan zamon tizimi latish tilidagi bilan bir xil boʻlsa, mariy va perm tillaridagi ayni shu tizim tatar va chuvash tillaridagiga oʻxshashdir. Nenets va mordva tillarida mayl tizimi rivojlangan boʻlsa, boshqalarida asosan shart mayli namoyon boʻladi. Koʻpchilik U.t.da inkor maxsus inkor feʼllari bn, mordva, ugor, venger va eston tillarida esa inkor yuklamasi orkali ifodalanadi.
 
Sintaksis sohasidagi tafovutlar ancha sezilarli. Boltiqboʻyifin, saam, venger, mordva va komiziryan tillarida hindevropa tillari — shved, nemis, rus tillarining , ayniqsa, ergash gapli qoʻshma gaplar tuzilishida ancha kuchli taʼsiri bor; samodiy, ugor va qisman udmurt, mariy tillarida esa ushbu tillar sintaksisini turkiy tillarniki bilan yaqinlashtiruvchi baʼzi arxaik belgilar saklanib krlgan. Ayrim U.t. uzok, tarixiy rivojlanish mobaynida boshqa xalklar tillari taʼsiriga uchragan, bu taʼsir izlari asosan leksikada, qisman grammatik qurilishda seziladi.