Uruk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Uruk''' — 1) Jan. Mesopotamiyada mil. av. 4-ming yillikda tarqalgan eneolit davri arxeologik madaniyati. Uruk sh. nomi bilan atalgan. Mahobatli meʼmoriy inshootlar ("Qizil bino" va "Oq ibodatxona" xarobalari ochilgan); sopol buyumlar, shumer tilida bitilgan yozuvli taxtachalar, muhrlar chiqqan. Xoʻjaligi: dehqonchilik, misni qayta ishlash, chorvachilik boʻlgan; 2) Shumerpyati shahardavlat (shumeriycha — Unug , Bibliyada — Erex, yunoncha — Orxoya). Mil. av. 28—27-a.larda (epik rivoyatlarda saqlanib qolgan yarim afsonaviy hukmdorlar Enmerkar, Lugalband, Gilgameshlar davrida) Jan. Mesopotamiyadagi shahardavlatlar U. gegemonligi ostida boʻlgan (Urukning 1sulolasi). Mil. av. 24-a.da Lugalzaggisi davrida U. Shumer poytaxti edi. 22-a. oxirida U. podshosi Utuxegal Ikki daryo oraligʻida "Shumer va Akkad podsholigi" barpo etgan, uning vafotidan soʻng hokimiyat UrNammu — Urning Shsulolasi asoschisi qoʻliga oʻtgan. U.mil. av. 1-ming yillik oxiriga qadar muhim shaharligicha qolgan. Mil. av. 8—2-a.larda — Bobil, soʻngra Axomaniylar va Salavkiylar davlati tarkibidagi muxtor sajdagoh shahar. Mil. 3a.da sosoniylar tomonidan vayron qilingan. U. oʻrnida hoz.hozirgi Varka posyolkasi (Nosiriya sh.dan 65 km shim.
 
gʻarbda) joylashgan. U.da nemis arxeologlari tomonidan 20-a. boshidan muntazam ravishdagi arxeologik qazish ishlari olib borilgan.