Uslub: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k hoz. → hozirgi |
||
Qator 1:
'''Uslub''' — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq U.i. tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) publitsistik U.; 5) badiiy U. Vazifaviy U.ni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv U.i — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy U.ning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imoishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning , ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Mas, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv U.iga xos. Soʻzlashuv U. i fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy U. (rasmiy ish qogʻozlari U.i) —
Ilmiy U. — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy U.dir. Bu U.da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy U.ning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy U.da yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy U. oʻz ichida quyidagi mayda U. ga boʻlinadi: ilmiy ish U., ilmiytexnik U., ilmiyommabop U., ilmiypublitsistik U. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy U.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
|