Uzumchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Uzumchilik''' — 1) bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. U. aholini yangi uzum, mayiz bn, vinochilik, konserva sanoatlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. U.ning 4 ta asosiy yoʻnalishi: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari, sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud.
 
U. bogʻdorchilikning eng koʻhna tarmoqlaridan biri boʻlib, hoz.hozirgi davrda ham koʻpgina mamlakatlarning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200 ming ga), Italiya (871 ming ga), Fransiya (870 ming ga), Turkiya (560 ming ga), Portugaliya (252 ming ga), AQSH (Kaliforniya shtati, 357 ming ga), Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming ga), Xitoy (243 ming ga), MDH mamlakatlari ichida Moldova (154 ming ga) turadi. Jahon boʻyicha tokzorlar mayd. 7,4 mln.
 
ga, oʻrtacha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999 y.da 60,7 mln. t dan koʻgtroq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada tayyorlandi.
Qator 9:
20-a. boshlarida Oʻzbekiston hududida 30,6 ming ga tokzor bor edi. 20-y.larning 2yarmidan ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va uzumchilik davlat xoʻjaliklari tashkil etila boshladi, tog va togʻ etaklari mintakalarida ham bu tarmoqqa jiddiy eʼtibor beriladigan boʻldi. 50-y.lar oxiri — 60-y.lardan 2500—3000 ga bog va tokzorlarga ega boʻlgan agrokombinatlar tashkil etildi.
 
U. sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliyot ishlari 1948 y.da tashkil etilgan hoz.hozirgi Bogʻdorchshshk, uzumchilik va vinochilik institutida olib borildi va U.ning nazariy va amaliy masalalari, kishmish navlarining hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog va togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo qilish uslubi ishlab chiqildi. Int.ning Samarkand filialida 100 ga maydonda uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi yaratildi.
 
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida hamda uning viloyatlardagi filiallarida, Butunittifoq oʻsimlikshunoslik inti Oʻrta Osiyo filialida uzumning Oʻzbekiston muskati, Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarkand kishmishi, Joʻrauzum, Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari yaratildi. Bu ishlarda akad. M. Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans va b. uzumshunos olimlarning , R. Musamuhamedov kabi xalq seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.