Xiva ichan qalʼa muzey-qoʻriqxonasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
XIVA "ICHAN QALʼA" MUZEYQOʻRIQXONASI, Xiva "Ichan qalʼa" tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻriqxonasi — Xiva sh.dagi muzeyqoʻriqxona; Xorazmning qad. moddiy va madaniy yodgorliklarini, avloddanavlodga oʻtib kelayotgan oʻziga xos anʼanalarini saklash, oʻrganish va targʻib qilish bilan shugʻullanadigan madaniymaʼrifiy muassasa. 1920 y. Koʻhna Ark (Arzxona)da koʻrgazmamuzey tarzida ochilgan; 1924 y. Toshhovlita koʻchirilgan. 1969 y.dan Xorazm tarixiyinqilobiy muzeyi "Ichan qalʼa" muzeyqoʻriqxonasi bilan birlashtirilib, hoz.hozirgi nomi bilan ataladi. 1990 y.da Ichan qalʼa oʻzining tarixiy ahamiyatga ega maydonlari (Dishan qalʼa devori xarobalariga qadar boʻlgan hududi) bilan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
 
Muzeyqoʻriqxona 26 ga maydonni egallagan boʻlib, uning tarkibida 54 ta tarixiy obidalar bor, 3253,2 kv. m maydonni Xorazmning qadimdan hoz.hozirgi davrigacha boʻlgan boy tarixi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini oʻzida aks ettirgan 13 ta doimiy muzeyekspozitsiyalar tashkil qiladi: Koʻxna Arkda — Qad. Xorazm; Muhammad Rahimxon madrasasida — Tarix va adabiyot; Qozi Kolon madrasasida — Musiqa tarixi; Shergʻozixon madrasasida — Tabobat; Islomxoʻja madrasasida — Xalq amaliy sanʼati; Abdullaxon madrasasida — Tabiat; Muhammad Panoh Madrasasida — Avesto; Toshhovlida — Hunarmandchilik; Arabxon madrasasida — Asosiy fond va b.
 
Muzeyqoʻriqxona fonddagi 50 mingdan ziyod eksponatlar (2004) — arxeologik topilmalar (1109 ta), qurolaslahalar (120), turli davrlarda zarb qilingan nodir tangalar (14895), amaliy sanʼat buyumlari (2309), uyroʻzgʻor anjomlari (1815), tasviriy sanʼat asarlari (127), noyob kitob va hujjatlar (4954), fotofotonegativ hujjatlar (3071) va b. noyob osoriatiqalarni, tarixiy obidalarni avaylab asraydi, ilmiy jihatdan oʻrganadi, ularni topilmalar bilan boyitadi va b. ishlarni amalga oshiradi.