Yura sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 7:
YU.s hayvonot dunyosi turlituman mollyuskalar (ammonit, amalteus, makrotsefalitis, virgatites, belemnitlar, ikki pallalilar, gastropodalar va boshqalar), braxiopodalar, ignatanlilar va marjonlardan iborat. Bahaybat dinozavrlar ham Yu.s.da paydo boʻlgan. Suvda yashaydigan dinozavrlar, uchuvchi kaltakesaklar keng tarqalgan. Yu.s da dastlabki qushlar paydo boʻlgan. Hoz. muzliklar bilan qoplangan Grenlandiya va Antarktida hududlarida ham yashil oʻrmonlar mavjud boʻlgan. Bu davrda umurtqali hayvonlardan bahaybat (uz. 25—30 m, ogʻirligi 50 t) dinozavr va ixtiozavrlar, balikdar yashagan. Suvda va quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar)dan baqa paydo boʻlgan. Oʻsimliklardan paporotniklar, ignabarglilar, sikafoditlar va boshqalar keng rivojlangan. Bu davr yotqiziqlari Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda Fargʻona tizmasi, Hisor tizmasining jan.gʻarbiy etaklari, Oʻzbekiston gʻarbi va Ustyurtda keng tarqalgan boʻlib, konglomerat, qumtosh, giltosh, ohaktosh, angidrit kabi jinslardan tarkib topgan. Oʻrta yura boshlaridan Oʻzbekistonning gʻarbiy va jan. hududlarida transgressiya yuz bergan. Yuqori yurakellovey va oksford yaruslari davomida Hisor tizmasining jan.
 
gʻarbiy etaklari, hoz.hozirgi Oʻzbekistonning gʻarbiy hududi, Turkmaniston va Tojikistonning baʼzi joylari chuqur dengiz bilan qoplangan. Shu sababli bu yerlarda hoz.hozirgi dengiz yotqiziqlari — ohaktosh koʻp. Xuddi shu hududda kimerij yarusi va titon yarusi boshlarida dengiz chekinib, oʻrnida turli xil tuz yotqiziqlari hosil boʻlgan. Hoz. Fargʻona vodiysi hududi, Issiqkoʻl atrofi Yu.s. boshidan oxirigacha quruqlikdan iborat boʻlgan. Yu.s.da iqlim yumshoq va nam boʻlgan. Daryolar va botqoqliklar atrofida turlituman oʻsimliklar oʻsgan. Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir konlari, Turkmanistondagi Yagman, Tojikistondagi Shoʻrob, Qirgʻizistondagi Koʻkyongʻoq, Oʻzbekistondagi Angren,Shargʻun koʻmir konlari Yu.s.da hosil boʻlgan. Ural—Emba, Mangʻishloqdagi neft konlari, Buxorodagi gaz konlari ham shu davrda paydo boʻlgan. Yu.s yotqiziqlari, asosan, choʻkindi va otqindi togʻ jinslaridan tarkib topgan boʻlib, koʻp joylarda uchraydi. Yura yotqiziqlari bilan koʻmir (14%) va neft (15% atrofida)ning dunyo boʻyicha zaxiralari bogʻliq. Yu.s.ga mansub yirik koʻmir konlari Sharqiy Sibir, Baykal orti, Uzoq Sharq, Bolqon ya.o., Eron, Mongoliya, Xitoy, Koreya va boshqalar r-nlarda mavjud. Neft va gaz konlari Kaspiy oldi, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Shim. Amerika, Yaqin va Oʻrta Sharqda topilgan. Yu.s. davridagi nurash poʻsti bilan boksit, kaolin, temir, nikel konlari va baʼzi olmos sochmalari bogʻliq. Yu.sdagi magmatik jarayon bilan RF hamda Shim. va Janubiy Amerikaning gʻarbida qoʻrgʻoshinrux, kamyob va nodir metallar konlari hosil boʻlishi aloqador.
 
Asror Abidov.