Qabziyat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7:
| location = Toshkent
| id =
}}</ref> Yashash sharoiti oʻzgartirilganda, safarga chiqqanda ham baʼzan Q. roʻy berishi mumkin.
}}</ref>
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qabziyat''' (arab. — tutilish, qisilish, qotish), ich qotishi — uzoq vaqt (2 sutkagacha) ich kelmasligi yoki qiyinlik bilan kelishi; notoʻgʻri ovqatlanish, nervregulyatsiya faoliyatining buzilishi, ichak kasalliklari va boshqalarda kuzatiladi. Q. kasallik belgisi, baʼzan esa mustaqil kasallik hisoblanadi. Yashash sharoiti oʻzgartirilganda, safarga chiqqanda ham baʼzan Q. roʻy berishi mumkin.
 
Ichakning turli qismlari oʻsma, bavosil tuguni bilan torayib qolganda, toʻgʻri ichakda axlat yigʻilganda ("axlat toshi") ham ich qotadi (mexanik Q.). Q.ning atonik va spastik (funksional) xili ham bor. Organizmning umumiy tonusi susayganda, yuqumli kasallik bilan ogʻrib, uzoq vaqt yotib qolganda, odamning qoni kamayib, ozib ketganda, deyarli qoldiq chiqarmay, yaxshi hazm boʻladigan yengil ovqat (qand, sutli ovqat, tuxum, goʻsht) isteʼmol qilinganda atonik Q. paydo boʻladi. Aqliy mehnat bilan shugʻullanib, kam harakat qilganda, ovqatlanish rejimi buzilganda atonik Q. koʻpincha odat tusiga kirib qoladi. Ichni boʻshatish ehtiyoji tugʻilganda boʻshanmasdan, istak qaytara berilganda ham Q. kuzatiladi. Hadeb klizma qilish va surgi dorilar ichaverish atonik Q.ga sabab boʻladi.