Armaniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Kareyac (munozara | hissa)
Kareyac (munozara | hissa)
Qator 42:
 
== Meʼmorligi ==
Armaniston hududida eng qadimgi meʼmoriy yodgorliklar neolit davriga mansub. Urartu davridan (miloddan avvalgi 9 — 6-asrlar) [[Teyshebaini]] va [[Erebuni]] (Yerevan, miloddan avvalgi 782 yilda asos solingan), antik davrdan Artashat, Tigranakert shlarining qoldiklari, [[Garni]] qal`asi (mil. 1-asr) saqlanib qolgan. Ksenofont tasvirlagan toifadagi turar joy — glxatun (rejada toʻgʻri burchakli, zinali yogʻoch gumbazli uy) 20-asrgacha anʼana tarzida saqlanib keldi. Xristianlik qabul etilgach (301 yil), cherkovlar (Echmiadzindagi katta butxona, 5-asr), istehkom qasrlar, hashamatli saroylar (ZvartonsZvartnots, Aruch, Dvindagi) qurildi. Bu binolarayoning rejasi aniq, meʼmoriy shakl-lari ixcham, bezaklari nafis. Uzunchoq yoki silindr shaklidagi gumbazli binolar (Zoravar, Ripsimdagi ibodatxonalar, Echmiadzindagi Gayane, hammasi 7-asr) barpo etildi. 9—12-asrlarda Armaniston meʼmorligi yuksak darajaga koʻtarildi. Shaharlarda mahobatli jamoat binolari va diniy inshootlar qurildi. Ani shahrida mustahkam mudofaa devorlari (989), Gagikashenda saroylar, ibodatxonalar (989—1010;meʼmor Trdat), Axtamar o.da saroy va cherkov (915—921; meʼmor Manuel) barpo etildi. 12—14-asrlarda jamoat meʼmorligi (mehmonxonalar, karvon-saroylar, koʻpriklar) rivoj topdi. Qoya toshlar orasini oʻyib hosil qilingan Gegard monastiri (Ayrivank) saqlanib qolgan. 14-asrda Armaniston meʼmorligida inqiroz boshlandi. Ammo bu davrda oʻzga mamlakatlarga borib oʻrnashib qolgan [[Armanlar|armanlar]] yashovchi joylarda arman ustalari ishtirokidagi qurilish rivojlandi ([[Feodosiya]], Lvovdagi[[Lvov]]dagi arman ibodatxonalari, [[Kamenets-Podolskiy]], Lutskdagm imoratlar va boshqalar). Hozirgi zamon Armaniston meʼmorligi anʼanaviy milliy meʼmorlik, tabiiy va yangi ijtimoiy-maishiy sharoitlar asosida davom ettirilmoqda.
 
== Tasviriy sanʼati ==