Buryatiya: Versiyalar orasidagi farq

k
fev. → fevral
k (apr. → aprel)
k (fev. → fevral)
da, Baykal kulidan jan. va sharila joylashgan. Mayd. 351,3 ming km2. Aholisi 1056,6 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). B.da 21 tuman (aymoq), 6 shahar va 29 shaharcha bor. Poytaxti — UlanUde sh.
 
Davlat tuzumi. B.— respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 22 fev.dafevralda qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy (vakolatli) organi — bir palatali parlament — Xalq Xurali. Oliy ijroiya hokimiyatni respublika hukumati amalga oshiradi.
 
Tabiati. B.ning koʻp qismi togʻlik. Baykal koʻli qirgʻogʻi boʻylab HamarDaban, UlanBurgasi, Barguzin, shim.da Jan. Muya va Shim. Muya tizmalari, togʻlararo soyliklar (Yuqori Angara, MuyaKaundi) joylashgan. B.ning butun shim.sharqiy qismini Vitim yassitogʻligi egallagan. Jan.sharkda SaganDaban, Xudun, Zagan, SaganXurtey kabi qator tizmalar bor. Chekka jan.garbida B.ning eng baland nuqtasi — MunkuSardik togʻi (3491 m). Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, nikel, volfram, molibden, apatit, kvars, marmar, granit, temir rudasi, kumir, grafit. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq (yanv.ning oʻrtacha t-rasi —24° dan —25° gacha), qor kam yogʻadi. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha t-rasi 7° dan (togʻlarda) 18° gacha. Yiliga 300 mm yogʻin tushadi. Koʻp yillik muzloq yerlar bor. Daryolari asosan Baykal kuli va Lena daryosi havzalariga qaraydi. Baykal koʻliga Selenga, Barguzin va Yuqori Angara quyiladi. Lena havzasiga Vitim daryosi qaraydi. Togʻtayga, togʻ chimli tuproqlar, togʻlarda togʻtundra, dasht va Urmonli dashtlarda qoramtir tuproq va kashtan tuproqlar uchraydi. Mayd. ning 4/5 qismi oʻrmon. Hayvonot dunyosi turlituman. Sobol, olmaxon, ondatra, kolonok, oqsichqon, tulki, boʻri, oq quyon, rosomaxa, silovsin, ayiq, los, izyubr, elik, kabarga, yovvoyi choʻchqa, togʻ echkisi, shim. bugʻusi va b. yashaydi. Baykal, Barguzin qoʻriqxonalari bor.
Aholisi. B.da 60 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Buryatlar aholining 25%, ruslar 70%ni tashkil etadi, shuningdek ukrainlar, tatarlar va b. ham yashaydi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 3 kishi. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: UlanUde, Kyaxta, Zakamensk, Gusinoozyorsk.
 
Tarixi. B. hududidan yuqori paleolit davriga mansub arxeologik yodgorliklar topilgan. Oʻsha davrda odamlar ibtidoiy jamoa tartibida yashab, ovchilik bilan shugʻullangan. Neolit davriga kelib oʻqyoy paydo boʻlgan, kulolchilik rivojlangan. Mil. av. 3-a.dan mil. 11-a.gacha boʻlgan davrda B.da koʻchmanchi jamoalar hamda ilk feodal davlatlarning qabila uyushmalari (xunnlar, jujanlar, uygʻur, qirgʻiz va kidanlar) birinketin hukm surib turgan. Asosiy buryat qabilalari — bulagʻat, exirit vaxorinslar 13-a.dan avvalroqshu yerlarda yashagan. Buryatlar xoʻjaligini asosan chorvachilik tashkil etgan. Baʼzi aymoqlarda dehqonchilik, ovchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar. 17-a.da B.da birinchi bor rus kazak otryadlari paydo boʻldi. Bu yerlarda harbiy istehkomlar qurila boshlanib, shu munosabat bilan Rossiyadan davlat xizmatidagi kishilar, sanoat ishchilari, rus dehqonlari (mujiklar) koʻchib kela boshladilar. 17-a. oʻrtalarida Gʻarbiy B., keyinroq uning qolgan kismi Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. 20-a. boshlarida chorizmga qarshi harakat avj oldi. 1918 y. fev.dafevralda Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yilning avg .da Yaponiya va 1919 y. aprelda Amerika qoʻshinlari bosib oldi. 1920 y. martida xalq lashkarlari shoʻro armiyasi yordamida B.ni ozod kildi. Natijada 1921 y. 27 aprelda BuryatMongol, 1922 y. 9 yanvarda MongolBuryat muxtor viloyatlari paydo boʻldi. 1923 y. 30 mayda ular birlashtirildi va RSFSR tarkibida BuryatMongol ASSR tashkil topdi. 1958 y.dan Buryatiya ASSR, 1991 y.dan B. Respublikasi deb nomlandi. 1990 y. okt.da B.ning davlat suvereniteta haqidagi deklaratsiya kabul qilindi.
 
Xoʻjaligi. B.da mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi8, Mi17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya i. ch. birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir zavodi), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi "Teplopribor" zavodi), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar ("Buryatfermmash" birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati ("Zabaykalles" konserni, Selenga sellyulozakarton k-ti), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar zavodi) korxonalari bor. Yengil sanoatda "UlanUde manufakturasi" aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fkasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya zavodida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio zavodida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr st-yasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr st-yasi bor.
516 159

ta tahrir