Chernogoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 10:
 
== Tarixi ==
Ch. xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Mil. av. 1a.da Rim tomonidan bosib olingan. Mil. 1a.da Ch. hududi (11a.gacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-a.dan Ch. deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297 y.dan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-a.da slavyanlar kelgan. 1479 y.dan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499 y.da Ch. hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735 y.larda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697— 1918)ga asos solgan. 1796 y. Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804— 15) Ch. Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852 yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878 y. Berlin kongressi qaroriga binoan, Ch. toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910 y.dan Ch. qirolligi deb ataddi. Ch. Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. 1jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918 y. 1 dek. da Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941 y. aprelda fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng , Ch. Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944 y. dek. da Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945 y. noyab. dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991 y. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 y. 4 fev.danfevraldan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.