Dalyan (Muğla viloyati): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Dalyan''', Dayren — Xitoyning shim.-sharqidagi shahar, Lyaonin provinsiyasida, Sariq dengizning Dalyanvan qoʻltigʻi sohilidagi port (kj ortib-tushirish yiliga 50 mln. t.). Lyuyshun sh. bilan birga Lyuyda maʼmuriy r-ni tarkibiga kirgan. Aholisi 5,4 mln. kishi (1998). Baliq ovlash bazasi. Tashqi savdoning muhim markazlaridan. Metallsozlik va mashinasozlik (kemasozlik), metallurgiya (poʻlat erituvchi zavod), elektronika, qurilish, oziq-ovqat korxonalari bor.
 
D. 19-a. birinchi yarmida balikchilar qishlogʻi boʻlib, avval Sinniv, 1860 y.dan D. deb atalgan. 1898 y.dagi konvensiyaga binoan Rossiya bu hududni Xitoydan ijaraga olgach, Dalniy deb nom oladi va shahar kurila boshladi. D. 1904 y.dan 2-jahon urushi oxirigacha Dayren nomi bilan yaponlar qoʻl ostida boʻldi. Rossiya-Xitoy shartnomasiga binoan Xitoy hukumati 1945 y. 14 avg . dan D.ni erkin port deb tan oldi. Port barcha jihozlari bilan Rossiyaga ijaraga berildi. 1950 y. 14 fev.dagifevraldagi Rossiya-Xitoy bitimiga binoan D. porti jihozlari bilan oʻsha yili Xitoyga kaytarildi. D.da tibbiyot, politexnika, va b. oliy oʻquv yurtlari bor.
 
== Adabiyot ==