Drezden: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Drezden''' — Germaniyadagi shahar, Elba daryosi boʻyida. Saksoniya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 452,8 ming kishi (1998). Mamlakatning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Dare porti, t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mashinasozlik, ayniqsa elektrotexnika va radioelektronika, priborsozlik, optika buyumlari i. ch. va anik, mashinasozlik (rentgen va kino apparaturalari) sanoati rivojlangan. Qadimdan chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, kimyofarmatsevtika, poligrafiya, mebel va oziq-ovqat (ayniqsa, tamaki va shokolad) korxonalari bor.
 
D. shahar sifatida dastlab 1216 y.dan tilga olingan. 1485 y.dan Vettin gersoglari qarorgohi, 1806 y.dan Saksoniya qirolligining poytaxti. Napoleon urushlari davrida (1813 y. 26—27 avg .) D. yonida katta jang boʻlgan. 2-ja-hon urushi oxirida (1945 y. fev.fevral) D. qattiq bombardimon qilingan.
 
D.da meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan Yapon saroyi (1715—41), Pilnits saroy-bogʻ majmuasi (1720—24), kurfyurstlar qasri (1200), Svinger saroyi (1711 — 1722) va b. Yangi kuril gan meʼmoriy binolari: Matbuot uyi (1960-68), Madaniyat saroyi (1970) va b. Drezden kartinalar galereyasi, tarix muzeyi, chinni buyumlar muzeyi, xalq sanʼati muzeyi, texnika universiteti, ped. instituti, yirik kutubxonalar bor. D. yadro tadqiqotlari markazi. Turizm rivojlangan.