Janna dʼArk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Janna d’Ark''' (Jeanne d’Arc), '''Orlean qizi''', (taxm. 1412, Domremi qishlogʻi — 1431.30.5, Ruan) — Fransiyaning milliy qahramoni. Oddiy dehqon oilasida JJ tugʻilgan, yoshligidan taqvodor boʻlib oʻsgan. Yuz yillik urush (1337— 1453) davrida ingliz bosqinchilariga qarshi fransuz xalqining umumxalq kurashiga rahbarlik qilib, urushda tubdan burilish yasalishiga sababchi boʻlgan. Orlean qamalini eshitgach, u Vokuler sh.ga kelib, qalʼa boshligʻini oʻzining zimmasiga Fransiyani inglizlardan xalos etish vazifasi yuklatilganligiga ishontira oldi. Erkakcha kiyingan va qurollangan Janna katta qiyinchiliklar bilan valiaxd shahzoda Karl qabuliga kirib (1429 y. fev.fevral) uni keskin harbiy harakatlarni boshlashga daʼvat eta olgan. Yoshgina qizaloqqa fransuz qoʻshiniga qoʻmondonlik qilish topshirilgach, J.d’A. ilohiy mujdalar yordamida birin-ketin ajoyib gʻalabalarni qoʻlga kirita boshlagan. J.d’A. kamaldagi Orleanni xalos qilgach (1429 y. 8 may), unga Orlean qizi nomi berilgan. Pate yonidagi jangdagi gʻalaba (1429 y. 18 iyun), Shampan grafligini ozod qilinishi uning obroʻsini yanada oshishiga sabab boʻlgan. Janna Reymsni ozod qilib valiaxd Karl VII ni Fransiya qiroli deb eʼlon qilgan va unga toj kiydirish marosimini oʻtkazgan (1429 y. 17 iyul). J.d’A.
 
ning oddiy xalq va askarlar oʻrtasida obroʻsi oshib ketishi qirol va saroy aristokratiyasiga yoqmagan. Uni harbiy harakatlarga rahbarlik qilishdan chetlatganlar. Kompyen ostonalarida boʻlgan jangda J.d’A. inglizlarga ittifoqchi boʻlgan burgundlar tomonidan asir olingan (1430 y. 24 may) va Burgundiya gersogi uni 10000 livrga inglizlarga sotgan. 1430 y. oxirida inglizlar J.d’A. ni Ruan sh.ga keltirib, cherkov sudiga topshirganlar. Cherkov sudi uni dahriylik va jodugarlikda ayblagan. J.d’A.ni Ruanning markaziy maydonida yoqishgan.