Kabarda-Bolqoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 17:
13-a. boshlarida moʻgʻullar bostirib kelgach, bolqorlar togʻlarga koʻchib ketishga majbur boʻlishdi. Moʻgʻullar mahalliy aholidan koʻp kishini qirib yubordi. 13—14-a.larda adigelarning bir qismi kabardinlar deb atala boshladi. 17-a.da Kabarda Katta Kabarda va Kichik Kabardaga boʻlindi. 1557 y. Kabardani Rossiya bosib oldi. 1774 y. Kabarda Rossiyaning ajralmas kismi deb eʼlon qilindi. 1827 y. Rossiyaga Balkariya ham qoʻshib olindi.
 
1918 y. 21 martda Shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1920 y. mart oxirigacha fuqarolar urushi davom etdi. 1921 y.1 sent.da RSFSR tarkibida Kabarda muxtor viloyati, 1922 y. 16 yanvarda bir-lashgan Kabarda-Balkariya muxtor viloyati tuzildi. 1936 y. 5 dek.da K.-B. Muxtor Respublikasi deb ataldi. K.-B. 1942 y. okt.da nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 y. yanvarda ozod etildi. 1944 y.da bolqorlar 2-jahon urushi davrida nemis bosqinchilariga yon bosdi degan tuhmat bilan zoʻrlab Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga koʻchirildi. K.-B. muxtor respublikasi Kabarda muxtor respublikasi deb atala boshladi. 1957 y. bolqor xalqining milliy muxtoriyati tiklandi va Kabarda muxtor respublikasi yana K.-B. Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1991 y. yanvarda K.-B. Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklaratsiya qabul qildi, 1992 y. fev.fevral dan K.-B. Respublikasi deb atala boshladi.
 
Xoʻjaligi. K.-B. — industrial-agrar respublika. Sanoati koʻp tarmoqli. Ogʻir sanoatida mashinasozlik va metallsozlik tarmoklari, ayniqsa elektrotexnika asbob-uskunalari, avtomatlashtirish vositalari, yogʻochsozlik stanoklari, avtomobil ehtiyot qismlari i.ch. muhim oʻrin tutadi. Volfram-molibden konlari negizida rangli metallurgiya sanoati barpo etildi. Gidrometallurgiya zavodi mavjud, kimyo sanoati rivojlangan. Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, asosan, Nalchikda joylashgan. Binokorlik ashyolari i.ch. birlashmasi yigʻma temirbeton mahsulotlar, qurilishbop keramika, devorbop materiallar ishlab chiqaradi. Konserva va vino zavodlari ham bor. Bak-Chegem darasi.