Kartoshka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 11:
Vegetatsiya davri 60—150 kun. K. pishib yetilish muddatlariga qarab tezpishar (maysalashidan yetilishiga qadar 60—65 kun), oʻrtacha tezpishar (70—80 kun), oʻrtacha kechpishar (PO—120 kun), kechpishar (130—150) navlarga boʻlinadi. Tuganagini va urugʻini ekib koʻpaytiriladi. Qora yoki qumloq tuproqli yerlarda moʻl hosil beradi. K. sabzavot almashlab ekish tizimida karam, bodring , poliz va dukkakli don ekinlardan boʻshagan yerlarda yetishtiriladi. Ertagi K. yetishtirishda urugʻlik 20—40 kun yarovizatsiya qilinadi (maxsus yorugʻ xonada nish chiqarishi taʼminlanadi). K. ekiladigan yerning gektariga 60—150 kg azot (oziq modda hisobida), 100—200 kg fosfor va 30—60 kg kaliyli mineral oʻgʻit, 15—20 t goʻng solinadi, chuqur haydaladi. Ekish uchun, asosan, oʻrtacha kattalikdagi (50—80 g) K. ajratiladi. Qator oralarini 60, 70, 90 sm, qatordagi tup oraligʻini 25, 30 yoki 35 sm qilib 8—12 sm chuqurlikda ekiladi. Ekish normasi gektariga 2,5—4 t. Intensiv texnologiyada oʻrtacha hosildorlik 42—44 t/ga ni tashkil qiladi.
 
Oʻzbekiston sharoitida faqat oziqovqat maqsadlarida yetishtiriladi. Ertagi K. fev.fevral oxiri — martda, janubiy r-nlarda hatto kech kuzda (okt,-noyabrda), kechkisi may oxiri — iyunda ekiladi. K. qator oralari oʻsuv davri davomida bir necha marta yumshatiladi, 500—800 m2/ga normada ertagisi har 7—10 kunda (7—8 marta), kechkisi har 8—10 kunda (10—15 marta) sugʻoriladi, oziqlantiriladi.
 
Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlar:Aqrab — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida chiqarilgan va respublikada 1996 y.dan r-nlashtirilgan. Oʻrtacha kechpishar, poʻsti kizil, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, yumaloq, oʻrtacha vazni 100— 130g;3arafshon — Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida yaratilgan va respublikada 1985 y.dan r-nlashtirilgan, tezpishar, serhosil, kam kraxmalli nav. Choʻziq-oval shaklda, poʻsti och-sargʻish, silliq, serkoʻz; Toʻyimli — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida yaratilgan, respublikada 1995 y.dan r-nlashtirilgan. oʻrtacha kechpishar, issiqqa chidamli nav. Tugunaklari oq, yumaloq, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, ogʻirligi oʻrtacha 110—130 g; Um id — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida yaratilgan, 2001 y.dan r-nlashtirilgan, oʻrtacha tezpishar, ertagi va kechki muddatlarda yetishtirishga yarokli, tuganagi shakli choʻziq-oval, eti sariq.