Kolumbiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 19:
 
== Tarixi ==
Hoz. K. hududida qadimdan indeys qabilalari yashab kelgan. K. hududiga 1499 y.da ispanlar kelgan. 1530-y.larda ular K.ni bosib olib, mustamlaka tartibini oʻrnatdilar va mamlakatni Yangi Granada deb atadilar. 1718 y.dan Yangi Granada vitse-qirolligiga aylantirildi. 1739 y. Yangi Granada vitse-qirolligi K.dan tashqari hozirgi Ekvador, Panama va Venesuela hududlarini qoʻshib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinchilariga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi. Shulardan eng yirigi 1781 y.gi qoʻzgʻolon boʻldi. Mustaqillik uchun kurash 1810 y.dan yanada kuchaydi. 1816 y. may oyida ispan armiyasi qoʻzgʻolonni shafqatsiz bostirdi. Birok, qoʻzgʻolonchilar 1819 y. fev.dafevralda mustaqillikka erishgan Venesuela vatanparvarlari yerdamida ispan qoʻshinlarini tor-mor etdilar. 1819 y. dek.da Yangi Granada, Venesuela va Ekvador birlashib, Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi tuzilganligi S. Bolivar prezident) eʼlon qilindi. 1830 y. Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi parchalandi, Venesuela, Ekvador va Yangi Granada (Panama bilan birga) mustaqil davlatlari tashkil topdi. 40-y. larda mamlakatda Konservativ (yirik zamindorlar) va Liberal (burjua) siyosiy partiyalar vujudga keldi.
 
1851 y. Yangi Granadada qulchilik bekor qilindi. 1863 y.dan mamlakat K. Qoʻshma Shtatlari, 1886 y.dan K. Respublikasi deb ataldi. Partiyalar oʻrtasidagi raqobat mamlakatda fuqarolar urushiga ("Ming kunlik urush", 1899— 1902) sabab boʻldi. 1903 y. Panama K.dan ajralib, mustaqil davlatga aylandi. 1929—33 y.gi jahon iqtisodiy turgʻunligi K. iktisodiyotiga ancha putur yet-kazdi. 1934 y. K.da baʼzi ilgʻor islohotlar (bepul taʼlim va b.) oʻtkazildi. 1946 y.dan K.da terrorchi diktatura oʻrnatildi. Barcha demokratik kuchlar qattiq taʼqib qilindi. Xalqning demokratik gʻalabalarini tugatish siyosati oʻtkazila boshladi. 1948 y. da xalq qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolon bostirilgach, konservatorlar hukumati liberallarga qarshi fuqarolik urushi boshladi, natijada 200 ming kishi nobud boʻldi. Maʼmurlar terroriga qarshi partizanlik harakati kuchaydi. Konservatorlar hokimiyatni saqlab qolishga intilib, 1953 y. davlat toʻntarishi uyushtirdi va harbiy diktatura oʻrnatdi. 1957 y.da umumxalq kurashi natijasida diktatura barham topdi.