Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

k
fev. → fevral
 
== Tarixi ==
M. hududida odamlar mil. av. 4ming yillikdan yashay boshlagan. Orol mil. av. 13-a.dan finikiylar, karfagenlar, rimliklar, mil. 395— 870 y.larda Vizantiya, 870—1091 y.larda arablar koʻl ostida boʻlgan. 1091 y.da M. normannlar tomonidan bosib olindi, keyinroq Sitsiliyaga birlashtirildi. 1530 y. M.da ioannitlar (diniy ritsarlik) ordeni qaror topdi va u Malta ordeni deb ham atala boshladi. 1800 y. M.ni Buyuk Britaniya bosib olib, mustamlaka deb eʼlon qildi. 1869 y. Suvaysh kanali ochilganidan keyin orolning strategik ahamiyati oshdi va u Buyuk Britaniyaning Oʻrta dengizdagi qudratli harbiy dengiz bazasiga aylandi. 1jahon urushidan keyin xalq, ozodlik harakatining oʻsishi natijasida 1921 y. Buyuk Britaniya M.ga oʻzini oʻzi boshqarish maqomini berishga majbur boʻldi, biroq 1930 y. u M.ni bu huquqdan yana maxrum etdi. 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1947 y.gi konstitutsiyaga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish huquqi qayta tiklandi. 1964 y. 21 sent.da M. Hamdoʻstlik doirasida mustaqillikka erishdi. 1974 y.dan respublika. 1979 y. M.da oxirgi ingliz harbiy dengiz bazasi tugatildi. 1987 y. konstitutsiyaga mamlakatning harbiy ittifoqlarga qoʻshilishini taqiqlovchi band kiritilgan. M. 1964 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatini 1993 y. 25 fev.dafevralda oʻrnatdi. Milliy bayramlari: 31 mart — Ozodlik kuni (1979), 21 sent. — Mustaqillik kuni (1964), 13 dek. — Respublika kuni (1974).
 
 
516 159

ta tahrir