Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 22:
18-a. dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 y. davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711 y.gi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun V. hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va "maʼrifatli absolyutizm" siyosatiga qaramay, 18-a. o[[x]]iridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida V. da Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848 y. 15 martda V. Da pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849 y. 5 yanvar da Avstriya qoʻshinlari V. poyta[[x]]tiga kirdi. V. ning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867 y. Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-V. monar[[x]]iyasini tuzdi.
 
1 -jahon urushi natijasida bu monar[[x]]iya parchalandi. 1918 y. okt.dagi inqilob natijasida V. mustaqil davlatga aylandi (16 noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919 y. 21 martda V. Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919 y. 1 avg .da agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—44) oʻrnatiddi. V. Italiya va Germaniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti Germaniya fashizmiga [[x]]izmat qildirildi. 2-jahon urushida Germaniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944 y. martda gitlerchilar V. ni bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944 y. sent.da V. nemis qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944 y. 22 dek.da tuzilgan V. muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 y. 4 apr.da V. nemis koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946 y. 1 fev.dafevralda V. respublika deb eʼlon qilindi. 1949 y. dan Vengriya Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat i[[x]]tiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956 y. okt.dagi [[x]]alq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va [[x]]oʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Vengriya sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989 y. da 1949 y. gi konstitutsiya oʻzgartirilib, V. demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989 y. 18 okt.da mamlakat V. Respublikasi deb ataldi. V. 1955 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 3 martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 y. burjua inqilobining boshlanishi; 20 avg . — V. davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23 okt.—1956 y. inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989 y. V. Respublikasi eʼlon qilingan kun.