Napoleon urushlari: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k noyab. → noyabr |
DastyorBot (munozara | hissa) k fev. → fevral |
||
Qator 1:
'''Napoleon urushlari''' - Napoleon konsulligi (1790—1804) va imperatorligi (1804—14, 1815) davrida Fransiya olib borgan urushlar. N.u. bosqinchilik harakterida boʻlgan. Fransiya Napoleon harbiy diktaturasi oʻrnatilgan vaqtda (1799) 1789—99 y.larda tuzilgan 2-antifransuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Turkiya, Neapol qirolligi va b.) bilan urush holatida edi. 1800 y. Rossiya ittifoqchilar bilan kelisha olmay koalitsiyadan chiqqan. Natijada 2-koalitsiya rasman oʻz faoliyatini tugatgan. Faqat Buyuk Britaniya urushni davom ettirgan. 1805 y. 3-antifransuz koalitsiyasi (Buyuk Britaniya, Avstriya, Shvetsiya, Rossiya) tashkil topgan. Shu yili ingliz floti admiral Nelson rahbarligida birlashgan ispan-fransuz flotini tormor qilgan. Biroq Napoleon quruklikda katta muvaffaqiyatga erishgan. U Austerlits yaqinidagi jangda (1805 y. 2 dek.) Rossiya-Avstriya qoʻshinlarini ogʻir talafotga uchratdi. Avstriya Fransiya bilan sulh tuzishga majbur boʻlgan (1805 y. 26 dek.). Rossiya va Buyuk Britaniya, Prussiya bilan Shvetsiya qoʻshilib 4-antifransuz koalitsiyasi vujudga kelgan (1806 y. sent.). 1806 y. okt.da Prussiya fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1807 y. iyunda Napoleon I Fridland ostonasida rus qoʻshinlarini yenggan. 1809 y. Buyuk Britaniya bilan yana ittifoq tuzgan (5-antifransuz koalitsiyasi) Avstriya qushinlarini tor-mor keltirgan. Napoleon imperiyasiga xal qiluvchi zarba Rossiyada berilgan. M. I. Kutuzov qoʻmondonligida rus armiyasining kurashi natijasida Napoleonning "Buyuk armiyasi" magʻlub boʻlgan. Rossiyadan chekinayotgan fransuzlarga qarshi Yevropa mamlakatlarida ozodlik urushi boshlanib ketgan. 1813 y.
Shodmonqul Pirimqulov. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|