Oktyabr inqilobi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Oktyabr toʻntarishi''' - Rossiyada Muvaqqat hukumatnit qurol kuchi bilan agʻdarilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi [1917 y. 24-26 okt. (6-8 noyabr)]. Fevral inqilobidan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va katʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning , mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining de-bochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917 y. avg . oxiri — sent. boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrdi. 24 okt.dan 25 okt.ga oʻtar kechasi (6—7 noyabr) kurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltik, flotining matroslari Qishki sa-royga bostirib kirdi va Muvaqqat hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining 2-sʼyezdida bolsheviklar dastlab soʻl eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat agʻdarilganligini qoʻllab-quvvatlab, Tinchlik va Yer toʻgʻrisida dekretlar eʼlon qildilar. V.I.Lenin boshchiligidagi hukumat — Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sa-noat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni oʻrnatdilar. Asosiy dushman — kadetlar partiyasi esa qonundan tash-qari deb eʼlon qilindi, partiya yoʻlboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qoʻyildi. Shunga qaramay, Taʼsis majlisiga boʻlgan saylovlar (1917 y. 12 noyabr)da bolsheviklar faqat 25% ovoz oldi. 1918 y. 5(18) yanvarda Petrogradda boʻlgan Taʼsis majlisi bolsheviklarning doʻq-poʻpisalardan iborat talablarini rad qilgach, ular tomonidan noqonuniy ra-vishda tarqatib yuboriddi. Bu holat mamlakatning parchalanishi va Rossiyada fuqarolar urushi (1918—22) kuchayishiga olib keldi. 1918 y. mart oyiga kelib Rossiyaning anchagina hududida sovet hokimiyati oʻrnatildi. "Harbiy kommunizm" siyosatiga oʻtilishi, qatagʻon organi — Butun Rossiya Favkulodda komissiyasi (VCHK)ning tuzilishi (1917 y. dek.) va Qizil armiyaning tashkil qilinishi (1918 y. fev.fevral) bolsheviklar gʻalabasini taʼminlab, ularning yakkapartiyaviy hukmronlikni oʻrnatishiga imkon berdi.
 
1917 y. kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qoʻliga oʻtishi uchun obʼyektiv shart-sharoitlar yoʻq edi, bolsheviklarning omma oʻrtasida taʼsiri ham oz boʻlgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, O.t. haqidagi xabar 27 okt.
 
da Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurash boshladilar. Toʻrt kunlik janglardan soʻng Toshkentning yangi shahar qismida sovet hokimiyati oʻrnatildi (1917 y. 1 noyabr). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti agʻdarib tashlandi. Biroq qurolli toʻqnashuvda ma-halliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917 y. 15—22 noyabrda boʻlgan Turkiston Sovetlarining Z-Oʻlka sʼyezdila soʻl eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat Turkiston oʻlkasi XKS (raisi F.I.Kolesov) tuzildi. Hukumat tarkibiga tub millat vakillaridan biron kishi ham kiritilmagan edi. Hokimiyatning Sovetlar tomonidan bosib olini-shini taraqqiyparvar kuchlar (Fitrat, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Mustafo Choʻqay, Sherali Lapin va b.) keskin qoralashgan. Turkistondagi sovet hokimiyati Muvaqqat xukumatdan meros qolgan harbiy kuchlar va b. kurolli kuchlarni oʻz qoʻliga toʻplab, Qoʻqonga hujum qiddi va Turkiston muxtoriyatini tugatdi (1918 y. fev.fevral). Biroq Buxoroga qilingan bosqin (1918 mart) magʻlubi-yatga uchradi (q. [[Kolesov vokeasi]]).
 
O.t. 20-a.da Rossiya va butun jahon uchun kuchli taʼsir qildi. Dunyo siyosiy tartibotida aql bovar qilmaydigan voqealar yuz berdi. Amalga oshirilgan O.t.ni saklab qolish uchun bolsheviklar butun ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ustidan diktaturani, yaʼni alohida shaxslarning hokimiyatini taʼminlab beruvchi harbiy-siyosiy rejimni oʻrnatdilar. Bu rejim sobiq SSSR hududida qatagʻon siyosatini amalga oshirdi. Garchi O.t. 18—19-a.larda shakllangan sotsialistik gʻoyalar bayrogʻi ostida amalga oshirilgan boʻlsada, aslida maqsad qanday qilib boʻlmasin davlatni qoʻlga olishga qaratilgan edi. Bolsheviklar O.t.dan keyin oldingi imperiyachilik siyosatini izchil davom ettirdilar. 20-a.ning 2-yarmida esa imperiya chegarasini Gʻarbiy Yevropagacha yetkazdilar. Dunyoning ikki qutbga boʻlinish jarayoni boshlandi. Bu ja-rayon 20-a.ning 80-y.larigacha davom etdi. O.t. insoniyat tarixiy taraqqiyotini butunlay teskariga burib yubordi. Jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi xususiy mulk, tadbirkorlik, savdo-sotiq, erkin harakat, shuningdek, erkin fikr avvaliga bir qolipga solindi, keyinroq butunlay taqiqlab qoʻyildi. Insoniyat yaratgan, tabiat inʼom etgan hamma narsalar davlat mulkiga aylantirildi. Sobiq Ittifoq hududidagi xalklarning qadriyati astasekin yoʻqotila borildi. Yagona xalq, yagona oila, yagona til kabi sunʼiy qadriyatlar tiqishtirildi.