Qashqadaryo (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 6:
Q. ning oʻng sohil tomonidan uncha baland boʻlmagan Qoratepa togʻining jan. yon bagʻridan 20 ga yaqin soy (Shoʻrobsoy, Makridsoy, Oyoqchisoy, Qalqamasoy va boshqalar) oqib tushadi. Togʻlikdan tekislikka chiqqach, daryo vodiysi kengayadi. Shu yerdan daryo suvi butunlay sugʻorishga olinadi. Qarshi choʻliga yetganda daryo tugaydi. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Varganza qishlogʻi yonida 14,1 m3/sek.dan (koʻp suvli yilda) 1,45 m3/sek.gacha (kam suvli yilda). Chiroqchi qishlogʻi yonida yildagi eng koʻp suv sarfi 781 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 21,4m3/sek.gacha (kam suvli yilda) boʻladi.
 
Yillik oqimining 64% mart — iyun, 11,7% iyul —sent., 24—27% oktyabr — fev.fevral oylarida oqib oʻtadi. Yillik eng koʻp suv sarfi koʻproq jala yomgʻirlari hisobiga tez oʻzgarib turadi. Shunga koʻra, toʻlinsuv davri (fev. — iyul) sel tusini oladi. Daryo havzasidagi yerlarni suv bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Chimqoʻrgʻon suv ombori, Zarafshon daryosidan havzaga suv keltirish uchun Eski Anhor va Qarshi magistral kanallari qurilgan.
 
Yuriy Ivanov.