Rossiyada fuqarolar urushi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Rossiyada fuqarolar urushi''' - Oktyabr toʻntarishi natijasida Rossiyada hokimiyatni qoʻlga kiritgan bolsheviklar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlar oʻrtasidagi urush (1918—1922). Bu urush Rossiyaga bostirib kirgan 14 ta davlatning intervensiyasi bilan oʻzaro qoʻshilib ketgan. Rossiya Birinchi jahon urushidan chiqqandan keyin Germaniya va AvstriyaVengriya qoʻshinlari unga karashli Ukraina, Belorussiya, Boltiqboʻyi va Jan. Rossiyani bosib olishgan (1918 y. fev.fevral). Brest sulhi (1918 y. mart) imzolangandan keyin bu hududlarning katta qismi Germaniya ixtiyoriga oʻtgan. 1918 y. martda Angliya—AQSH— Italiya — Kanada qoʻshinlari Murmanskka tushirildi; aprel
 
da yaponlar Vladivostokni egallashdi; may oyida AvstriyaVengriya armiyasining asir olingan 40 ming kishilik chexoslovak korpusi askarlari isyon koʻtardi. Bularning hammasi yangi hokimiyat uchun jiddiy xavf tugʻdirgan.
 
1918 y. yozi — kuzida Rossiyaning 3/4 qismida turli hukumatlar, Mas, 8 iyunda Samarada esermensheviklarning Volgaboʻyi hukumati — taʼsis majlisi aʼzolarining komiteti (Komuch) (xukumat raisi — eser V. K. Volskiy); 23 iyunda Tomskda Muvaqqat Sibir hukumati (xukumat raisi — P. V. Vologorskiy); 23 sent.da Ufa Direktoriyasi (raisi — N. D. Avksentyev); 28 sent.da Arxangelsk guberniyasida shim. viloyat Muvaqqat xukumati (xukumat raisi general Ye. K. Miller); Ashxobodda Zakaspiy Muvaqqat xukumati (xukumat raisi— eser Funtikov) tuzilgan. Biroq hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallagan bolsheviklar uni kurol kuchi bilan saqlab qolishga urinishgan. 1918 y. fev.dafevralda qizil armiya tashkil qilingan, bolsheviklar "harbiy kommunizm" siyosatiga oʻtishgan. Oziq-ovqat taqsimoti (razvyorstka) natijasida oziqovqat toʻplovchi otryadlar (prodotryadlar) tashkil qilinib, ular aholi qoʻlidagi oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olish bilan shugʻullangan. 1918 y. yozida qizil armiya zudlik bilan qayta qurilgan. 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan barcha erkaklar uchun majburiy harbiy xizmat joriy qilindi, armiyada harbiy komissar lavozimi taʼsis etildi, sinfiylik tamoyillariga amal qilindi va markaziy boshqaruvga oʻtildi (1918 y. iyul). Sovet rejimi oʻz mavqeini saqlashda harbiy tayanchi boʻlgan qizil askarlarga koʻplab imtiyozlar bergan.
 
1918 y. 5 sent.da RSFSR XKS "Kizil terror haqida" dekret chiqarib, front va uning orqasida kurashning shafqatsiz shakli — ommaviy terrorni qoʻllagan. Butunrossiya Favkulodda Komissiyasi (BFK) ga fuqarolarni hech qanday sud va tergovsiz otish huquqi berilgan. Chekistlarning shafqatsizligi sovet hokimiyatining oʻziga xos ramziga aylangan. Bolsheviklar va sovetlarga qarshi kuchlar ham ularga nisbatan xuddi shunday choralar koʻrishgan. Fuqarolar urushi oʻzining butun dahshatli qonunlarini ommaviy ravishda namoyish kilgan.