Shayxzoda: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Shayxzoda''', Maqsud Shayxzoda [1908.25.10 (7.11), Ozarbayjon Respublikasi, Ganja viloyati, Oqtosh sh. — 1967.19.2, Toshkent] — shoir, dramaturg , adabiyotshunos, tarjimon, pedagog . Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1964). Bokudagi dorilmualliminni tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi lbosqich ozarbayjon maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1927 y.da aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928 y. fev.dafevralda Toshkentga surgun qilingan. Sh. Oʻrta Osiyo untining Sharq ftida qisqa muddat oʻqigani (1928)dan keyin "Sharq haqiqati" (1929—32), "Qizil Oʻzbekiston", "Yosh leninchi" gaz.lari (1932), "Guliston" jur. (1933—34) tahririyatlarida xizmat qilgan. 1933 y. Bokudagi ped. intining barcha kurslari uchun imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni paytda Til va adabiyot intida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938 y.dan umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi ped. Intlarida oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan.
 
Dastlabki sheʼriy toʻplami — "Loyiq soqchi" (1932). Shundan keyin Sh.ning "Oʻn sheʼr" (1932), "Undoshlarim" (1933), "Uchinchi kitob" (1934), "Jumhuriyat" (1935), "Oʻn ikki", "Yangi devon" (1937), "Saylov qoʻshiklari" (1938), "Kurash nechun?" (1942), "Jang va qoʻshiq", "Koʻngil deydiki..." (1943), "Oʻn besh yilning daftari" (1947), "Yurt sheʼrlari" (1948), "Zamon torlari", "Olqishlarim" (1949), "Yillar va yoʻllar" (1961), "Sheʼrlar" (1964) va b. sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sh.ning dastlabki ijodida va qisman 50y.lardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Sh. oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Sh. voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, "Oʻrtoq mulk" (1933), "Chirogʻ", "Oʻrtoq", "Meros", "Tuproq va haq" (1936), "Ovchi qissasi", "Iskandar Zulqarnayn" (1940), "Oʻn birlar", "Jenya", "Oqsoqol" (1943), "Axmadjonning hikmatlari", "Uchinchi oʻgʻil" (1944), "Nurmat otaning tushi" (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30—40y.lardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Sh. lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini koʻrgan. Shu bilan birga Sh. krfiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, oʻzbek sheʼriyatiga yangi vazn va shakl koʻrinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning , ayniqsa, "Toshkentnoma" (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan.