Surxondaryo (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 4:
S. Boysun togʻlari bilan Bobotogʻ oraligʻida eni 30 km keladigan keng SurxonSherobod vodiysi boʻylab oqadi. S. oʻzani hamma qismida tez yemiriluvchan yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sababdan S.ning oʻzani teztez oʻzgarib turadi. Quyi qismida daryo keng qayir boʻylab "daydib" oqadi, natijada eski oʻzan va ular orasidagi orollar yoʻqolib, yangilari paydo boʻladi. Qirgʻoqlari yemirilishi va oʻpirilib tushishi sababli koʻp joylarda tik jarlik shaklini olgan.
 
S qormuzlik suvlaridan toʻyinadi. May—iyunda sersuv, sent.—okt.da eng kamsuv boʻladi, S.ning etak qismida (Manguzar qishlogʻi yonida) yillik suv oqimining 69% mart—iyun, 20% iyulsent. va 11 % okt. — fev.fevral oylarida oqib oʻtadi.
 
S.ning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi uning boshlanish qismida (Qorovultepa qishlogʻi yonida) 76,7m3/sek., 2,42 mlrd. m3, quyi oqimida (Manguzar qishlogʻi yonida) esa 68,2 m3/sek, yoki yiliga 2 mlrd. m3. Qorovultepa bilan Manguzar qishloqlari oraligʻida (164 km) S. va irmoqlarining suvi koʻplab sugʻorishga olinadi. Shu ikki qishloq oraligʻida daryoga sizot suvlari (taxm. 20—25 m3/sek.) va partov suvlar kelib qoʻshiladi.