516 159
ta tahrir
CoderSIBot (munozara | hissa) (Yangi maqola yaratildi) |
DastyorBot (munozara | hissa) k (fev. → fevral) |
||
"TURKESTANSKIYE VEDOMOSTI" ("Turkiston vedomostlari") — Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gaz. Turkiston generalgubernatori Kaufman tomonidan chop etilgan. 1870 y.dan Toshkentda (1872 y. iyul — 1873 y.
"T. v." podsho Rossiyasi hukumatining Turkistondagi mavqeini mustahkamlashga, oʻlkada chorizm siyosatini oʻtkazishga, mahalliy aholini chor hukmdorlari va amaldorlariga itoatgoʻylik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan. Gaz.da, asosan, Turkiston generalgubernatorligining buyruk, va farmonlari, turli xil rasmiy maʼlumotlar bosilgan. Shuningdek, oʻlka tarixi, xoʻjaligi, tabiati va bu yerda yashovchi xalklarning etnografiyasi, folklori, adabiyoti, urfodatlariga doyr qiziqarli materiallar ham berib borilgan. Mazkur materiallar oʻlka xalq xoʻjaligi va madaniyati tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Gaz.da oʻlka hayotining barcha jabhalarini yorituvchi "Ichki xabarlar", "Xabar va yangiliklar", "Mahalliy xronika", "SanktPeterburg" boʻlimlari faoliyat koʻrsatgan.
|