Turkiston muxtoriyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Turkiston muxtoriyati''' - Turkiston mintakasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917 y. 27 noyabr — 1918 y. 19 fev.fevral).
 
Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4qurultoyi (1917 y. 26—28 noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, Taʼsis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy [Millat] Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi—Qoʻqon sh.
Qator 11:
T.m. hukumati qisqa muddat ichida xalq oʻrtasida katta eʼtibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizgʻin qoʻllabquvvatlandi.
 
Oʻlka bolsheviklari T.m. hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston oʻlkasi ishchi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4sʼyezdi (Toshkent sh.; 1918 y. 19—26 yanvar)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy oʻrinda turdi. Sʼyezd T.m.hukumati va uning aʼzolarini qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. 1918 y. 30 yanvarda Turkiston oʻlkasi XKS T.m.ni tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Toshkentdagi bolsheviklar buning uchun qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoklari drujinalari (q. [["Dashnaksutyun"]])&gm keng foydalandi. Milliy matbuotning yozishicha, 31 yanvar (yangi hisob bilan 13 fev.fevral)da janglar boshlandi. Turkiston oʻlkasi XKS 1918 y. 14 fevralda (yangi hisob bilan) Fargʻona viloyatida harbiy holat eʼlon qildi.
 
Dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qoʻshinidan tashqari qoʻqonlik tinch aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, choʻkich, tayoq koʻtargan xaloyiqning soni 10.000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qoʻqon sh.ga qilgan hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shu orada muxtoriyatchilar safida parokandalik yuz berdi (18 fev.dafevralda ulamolarning tazyiqi bilan Mustafo Choʻqay isteʼfoga chikdi va baʼzi vazirlar singari Qoʻqonni tark etdi. Ayrim vazirlar (H.Agayev va b.) jangda halok boʻldi. Hukumatning boshqa aʼzolari (O.Mahmudov, Nosirxon toʻra, S.Gersfeld, U.Asadullaxoʻjayev, I.Shoahmedov) esa keyinchalik bolsheviklar tomonidan qoʻlga olindi.
 
Qoʻqon sh. qoʻrboshi mirshablari boshligʻi Kichik Ergash 18 fev.danfevraldan boshlab amalda T.m. hukumatining rahbariga aylandi. 19 fev.gafevralga oʻtar kechasi Toshkentdan Turkiston oʻlkasi harbiy komissari Ye. Perfilyev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon qoʻshin yetib keldi. 19 fev.fevral
 
dan boshlab 3 kun davomida qizil askarlar shahar ustiga toʻplardan yondiruvchi snaryadlar yogʻdirishdi. Shahar butunlay vayron boʻddi va oʻtolov ichida qoldi. Qoʻqonning oʻzida 3 kun davomida 10 mingdan ziyod kishi oʻdsiriddi. Muxtoriyat qoʻshinining tirik qolgan qismi Kichik Ergash boshchiligida (200—300 yigit) Qoʻqon yaqinidagi Bachqir qishlogʻiga chekindi va mudofaa istehkomlarini qurib, dushman hujumini qaytardi. Qizil gvardiyachilar Qoʻqon va uning atroflaridagi tinch aholini talash va oʻldirishni avj oldirishdi. Sovet rejimi T.m. hukumatini 19 fev.dafevralda kurol kuchi bilan agʻdarib tashladi.
 
1918 y. 22 fev.dafevralda Qoʻqon sh.dagi RusOsiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan "tinchlik shartnomasi" imzolandi.
 
T.m. hukumati atigi 72 kun umr koʻrgan boʻlsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiklol uchun kurashga daʼvat etdi. Bu hukumatning agʻdarilishi turkistonliklar tomonidan sovet Rossiyasining Turkistonga nisbatan tajovuzkor rejalari mavjudligining yana bir dalili sifatida qabul qilindi. Turkistonliklar tinch yoʻl (parlament) bilan milliy davlatchilikni qayta tiklash mumkin emasligini tushunib, 1918 y. fev.fevral oyining oxirida qoʻllariga qurol olgan holatda Turkistonda sovet rejimi va bolsheviklarga qarshi qurolli harakatni boshlab yubordilar. Sovet tuzumi davrida T.m.ning mohiyati soxtalashtirilib, u tor maʼnodagi Qoʻqon muxtoriyati bilan almashtirildi.
 
Ad.:Aʼzamxoʻjayev S, Turkiston muxtoriyati, T., 2000; Rajabov K,. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Alimova D., Golovanov A., Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiqoqibatlari, T., 2000; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana,T., 2001.