Turon (teatr): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
{{Maʼnolari|Turon (maʼnolari)}}
"TURON" — teatr truppasi. Jadidlarning 1913 y. Toshkent sh.da ochilgan birinchi teatr truppasi. Truppaning badiiy rahbari — Abdulla Avloniy, maʼnaviy va moddiy homiysi Munavvarkori Abdurashidxonov va b. Toshkentning moʻʼtabar kishilari boʻlgan. Nizomiddin Xoʻjayev, Badriddin Aʼlamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxoʻjayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Sameʼqori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy va b., 1916 y.dan Mannon Uygʻur, Gʻulom Zafariy, Sulaymon Xoʻjayev kabilar truppaning asosiy kuchlari hisoblangan. Truppa oʻz faoliyatini 1914 y. 27 fev.dafevralda Toshkentdagi "Kolizey" teatri binosi (2000 tomoshabinli)da "Padarkush" (M. Behbudiy) spektakli bilan boshlagan. Bosh rollarni Abdulla Avloniy, S. Ziyoboyev, M. Poshshaxoʻjayev, B. Aʼlamovlar ijro etganlar. Spektaklni ozarbayjonlik aktyor va rej. Aliasqar Asqarov qoʻygan. 1915 y. shu spektakl N. Xoʻjayev tomonidan qayta sahnalashtirilgan. Ketma-ket N. Qudratillaning "Toʻy", A. Krdiriyning "Baxtsiz kuyov", A. Avloniyning "Advokatlik osonmi?" kabi asarlari sahnalashtirilgan. Ozarbayjon aktyori va rej.i Ruhillo Sidki 1914— 16 y.lar Toshkentga ijodiy safari davomida "T." teatri aʼzolari oʻrtasida musiqali drama janriga qiziqish uygotgan. Ozarbayjonlarning "Layli va Majnun" spektaklida "T." truppasi aʼzolari ham birga rol uynaganlar.Teatr muhim mavzu va janr doirasi asosida keng repertuar yaratish imkoniyatiga, Toshkentning eski va yangi shahar qismida oʻzining qishlik va yozlik binosiga ega teatr jamoasi darajasiga koʻtarilgan. "Pinak" (A. Avloniy), "Mazluma xotin" (X. Muin), "Oʻliklar" (M. Qulizoda) kabi spektakllar bilan oʻz repertuarini boyitgan. 1917 y. Oktyabr toʻntarishidan soʻng "T." teatri hukumat ixtiyoriga olinib, unga davlat teatri maqomi berilgan. Turli davrda turli nomlar bilan yuritilgan. Mannon Uygʻur teatrning yetakchisi, badiiy rahbari boʻlgan (q. [[Oʻzbek milliy akademik drama teatri]]).
 
Toshpoʻlat Tursunov.