Uganda: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 22:
1890 y. Angliya—Germaniya shartnomasiga binoan, Buyuk Britaniya Buganda va butun U. hududida bemalol harakat qilish huquqini oldi. 19-a.ning 90-y.
 
lari — 20-a. boshlarida bu davlatlar ustidan Britaniya protektorati urnatildi, ular U. protektoratining muxtor provinsiyalariga aylandi. 1-jahon urushi boshlangan paytda Buyuk Britaniya butun U. xududini zabt qilib olgan edi. 20—30-y.larda boshlangan ozodlik harakati 2-jahon urushidan keyin ayniqsa avj oldi. 1952 y. U. Milliy kongress siyosiy partiyasi tuzildi. Bu partiya 1953—55 y.larda Buyuk Britaniyaning uz mustamlakachilik hokimiyatini mustaqkamlash maqsadida U., Keniya va Tanganikadan iborat Sharkiy Afrika Federatsiyasiga birlashtirish yoʻlidagi urinishlariga qarshi ommaviy harakatga rahbarlik qildi. 1962 y. 9 okt.dan U. mustaqil davlat. Kabaka (vorisiy hukmdor) Mutesa II davlat boshligʻi boʻlib qoldi. 1967 y. Milton Obote prezident buldi. 1971 y. 25 yanvarda general Idi Amin boshchiligida harbiy toʻntarish boʻlib, Obote lavozimidan olib tashlandi. Milliy majlis va xukumat tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalar faoliyati taqiklandi. 1971 y. fev.danfevraldan I. Amin prezident deb eʼlon qilindi. Iqtisodiyotni "ugandalashtirish", q.x.ni isloh qilish yoʻli boshlandi, armiya 3 baravar koʻpaytirildi. Ammo bu siyosat qiyinchilikka uchradi, eksport va import izdan chikdi, ekin maydonlari qisqardi, ishsizlik kuchaydi, norozilikoshdi. 1979 y. Moshi (Tanzaniya) da Milliy ozodlik fronti (MOF) tuzildi. Amin armiyasi Tanzaniyaga hujum qilganida MOF otryadlari Tanzaniya armiyasi yordamida Amin armiyasini tormor etdi. MOF muvaqqat hukumat tuzdi. 1980 y. 10—11 dek.da Milliy majlisga saylov oʻtkazildi, unda Uganda Xalq Konfessi gʻalaba qildi, partiya rahbari M. Obote yana prezident boʻlib qoldi. Hukumat "bozor munosabatlari" usullarini joriy etib, mamlakatni mushkul ahvodsan olib chiqish choralarini koʻrdi. 1985 y. harbiy toʻntarish boʻlib, M. Obote lavozimidan olib tashlandi. Harbiy kengash davlat hokimiyatining oliy organiga aylandi. 1986 y. Uganda Milliy qarshilik koʻrsatish armiyasi rahbarlari hokimiyatni qoʻlga oldilar. 1996 y. prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. 2000 y. 29 iyundagi referendumda aholi koʻp partiyali tizimga qarshi chiqdi va prezident Y. Museveni boshchiligidagi "Harakat" siyosiy tashkilotigina mamlakatga rahbarlik qilishini yokdadi. Anʼanaviy partiyalarga ruxsat berilgan, ammo ularning faoliyati cheklab qoʻyilgan. Yangi partiyalar tuzish taqiqlangan. U. 1962 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 9 okt. — Mustaqillik kuni (1962).