Ukraina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 114:
Oʻzbek teatrlarida ukrain dramaturglarining pyesalari sahnalashtirilgan. 2-jahon urushi davrida I. Franko nomidagi ukrain akademik drama teatri Toshkentda ishladi. Oʻzbek tomoshabinlari A. Korneychukning "Makar Dubrava", "Platon Krechet", "Front", A. Levadaning "Faust va oʻlim" asarlarini koʻrishga musharraf boʻldilar. I. Kotlyarevskiyning "Poltavalik Natalka" (Toshkentdagi Muqimiy nomidagi teatr), "Zaporojyelik Dunay ortida" (Namangan teatri) tarixiy asarlari sahnalashtirildi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida G. Mayborodaning "Arsenal" operasi qoʻyilgan. 2-jahon urushi yillari Toshkent konservatoriyasida P. I. Chaykovskiy nomidagi Kiyev konservatoriyasi oʻqituvchilari (prof. L. Revutskiy, D. Bertye, K. Mixaylov) ishladilar. 1966 y. aprel dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish va yangi uyjoy, madaniymaishiy binolar qurishda ukrain quruvchilari faol ishtirok etdilar.
 
1991 y. U. va Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida 1992 y. 14 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1998 y. 18 fev.fevral da Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida Doʻstlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangach, OʻzR bilan U. ishonchli strategik hamkor boʻlib qoldi. OʻzR va U. davlat hamda hukumat rahbarlarining oʻzaro tashriflari natijasida 40 ga yaqin muhim hujjatlar imzolanib, hamkorlikning huquqiy asoslari yaratildi. Jahon siyosati sohasidagi fikrlarning birbiriga yaqinligi qayd etildi. Iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy soqalarda hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olindi. Koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha tuzilgan Oʻzbekiston — U. qoʻshma komissiyasi 2 tomonlama munosabatlarni muvofiqlashtirib turibdi. Vakolatli banklar oʻrtasida oʻzaro hisobkitob va toʻlovlar borasida aloqa oʻrnatilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston bilan U. oʻrtasida erkin savdo tartibi joriy etilgan. Natijada U. MDH mamlakatlari orasida Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. 2003 y. OʻzR bilan U.ning umumiy tovar aylanmasi 280 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. U. OʻzR ga metallurgiya sanoati mahsuloti, xizmatlar, neft va gaz sanoati uchun jihozlar, energetika jihozlari, dvigatellarning qismlari, nasos, sentrifugalar, ruda yanchish mashinalari, elektr generatorlar, vagonlar uchun gʻildiraklar va b. yuboradi, OʻzRdan xizmatlar, energiya manbalari, rangli metallar, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar) oladi. 1996—2003 yillar mobaynida U.ning Ilichyovsk porti orqali 325 ming t Oʻzbekiston paxta tolasi xorijga joʻnatildi.
 
UzRda U. ishbilarmonlari ishtirokida tuzilgan 40 qoʻshma korxona faoliyat yuritmokda. U.da esa OʻzR sarmoyasi ishtirokida 22 qoʻshma korxona tashkil etilgan. Ikki mamlakatning ayrim hududlari, jumladan, Navoiy va Zaporojye, Samarqand va Lvov, Qashqadaryo va Summ viloyatlari oʻrtasida uzoq muddatli savdoiqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik toʻgrisida bitimlar imzolangan.