Umumiy ovqatlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 11:
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida U.o. tarmogʻida xususiylashtirish jarayoni tezlashdi. Korxonalar mulkchilik shakllarini uzgartirib, aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, xususiy korxona, firma va b. mulkchilik shakllariga oʻtkazildi. Shahar va tuman markazlari, guzarlar, yirik qishloqlarda koʻplab xususiy restoran, kafe, oshxona, deqhon bozorlarida milliy taomlar rastalari va b. faoliyat koʻrsata boshladi. Oʻzbekistonda 877,3 ming oʻringa ega boʻlgan 17,5 ming U.o. korxonalari mavjud. Bularning 0,6 mingtasi davlat, 16,9 mingtasi nodavlat korxonalaridir. Har bir ovqatlanadigan oʻringa 35 kishi, har bir korxonaning xizmat koʻrsatish imkoniyatiga 1428 kishi toʻgʻri keladi (2003).
 
U.o.ning rivojlanishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 y. 13 fev.dagifevraldagi "2003—2006 yillarda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari tarmoklarini rivojlantirishga doyr qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi va b. karorlari muhim rol oʻynadi.
 
U.o. korxonalarining ancha qismi "Uzbekbirlashuv", "Uzbekturizm", Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saklash vazirligi va b.ga qaraydi, kasalxonalar, sanatoriy va dam olish uylariga, maktablar, maktabgacha bolalar muassasalari va b. ga xizmat koʻrsatadi.