Xalonen Tarya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
XALONEN (Halonen) Tarya (1943. 24.12, Xelsinki) — Finlyandiya davlat arbobi. Xelsinki universitetini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi (1968). Faoliyatini Finlyandiya talabalar milliy uyushmasi kotibligidan boshlagan. 1970-y.larda Finlyandiya kasaba uyushmalari markaziy tashkilotida advokat, Finlyandiya bosh vaziri huzurida parlament kotibi, 1979 y.dan parlamentda Finlyandiya sotsialdemokratik partiyasidan deputat. 1985 y.dan parlamentning ijtimoiy masalalar boʻyicha komissiyasi raisi, 1987 y.dan Finlyandiya ijtimoiy taʼminot va sogʻliqni saqlash ikkinchi vaziri, adliya vaziri (1990—91), 1995 y.dan tashqi ishlar vaziri. 2000 y. 6 fev.fevral
 
dan Finlyandiya Respublikasi prezidenta. XALS, Gals (Hals) Frans (taxm. 1581—85, Antverpen — 1666.28.6, Xarlem) — golland rassomi, portret ustasi; Yevropa realistik sanʼatining yirik namoyandasi. X. ijodida burjua inqilobi gʻalabasidan keyin yuzaga kelgan golland sanʼatiga xos boʻlgan koʻtarinkilik, hayot zavqi va demokratizm oʻz aksini topgan; rassom boʻyoq dogʻlarini erkin qoʻllash orqali inson ruhiyatini tasvirlash koʻlamini kengaytirdi, koʻproq tasvirlanayotgan shaxsning ichki ruhiyatidagi yorkin lahzani badiiy muhrlashga intildi. 20-y.larda portretlar bilan bir qatorda janrli lavhalar ham yaratdi, muqaddas zotlar real hayotdan olingan oddiy odamlar qiyofasida tasvirlandi ("Yevangelist Luka", "Yevangelist Matfey", taxm. 1623—25 y.lar), golland jamiyatidagi ijtimoiy tiplar obrazlari galereyasi yuzaga keldi ("V. van Xeytxeyzen", taxm. 1625—26; "Loʻli", "Mulat", taxm. 1630 va b.). Guruh portretlar ustida izlangan rassom tasvirlariga hayotiylik va haqqoniylik baxsh etdi ("Avliyo Adrian oʻqchilar rotasi zobitlari guruh portreti", 1633; "Avliyo Georgiy oʻqchilar rotasi zobitlari", 1639 va b.). 40-y.lardan portretlarida psixologik holatlar chuqurlashdi ("Avliyo Yelizaveta kasalxonasi regentlari", 1641), asarlari koloritida kumusheimon kulrang tuslar ortib bordi. Soʻnggi davrlarda yaratilgan oq va qora ranglar keskinligiga asoslangan asarlarida chorasizlik va tushkunlik kayfiyatlari koʻzga tashlanadi ("Qariyalar uyi regentlari", 1664). X. ijodi Gʻarbiy Yevropa realistik sanʼatining choʻkqilaridan biri boʻlib qoldi. Shogirdlari orasida A. Brauer, akauka A. va I. Ostadelar, Ya. Sten va b. bor. Asarlarinint koʻp qismi Xarlemdagi X. muzeyida sakdanadi.