Xiva qoʻzgʻoloni — versiyalar orasidagi farq

k
fev. → fevral
k (apr. → aprel)
k (fev. → fevral)
Junaidxon boshchiligidagi 3 ming otliq Xiva sh.ni qurshovga olgan. Kolosovskiy Xivaga qoʻshimcha ravishda harbiy otryadlar yuborishni soʻrab, Turkiston general gubernatoriga murojaat qilgan.
 
X.q.ning 2-bosqichi (1916 y. 1 — 14 fev.fevral)da asosiy rolni Junaidxon boshchiligidagi turkmanlar oʻynashdi. Bu bosqichda qoʻzgʻolon Xiva xoni zulmiga qarshi kurashdan podsho Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi milliy ozodlik qoʻzgʻoloni darajasigacha koʻtarildi. 1916 y. 3—4 fev.dafevralda turkmanlar Toshhovuz, Shohabbos, Qiyot, Gurlan, Mangʻit, Qilichboy sh.lari hokimlarini garovga olib, Yangi Urganch tomon yoʻl odsilar. 7 fev.dafevralda 15 ming kishilik olomon Gʻoziobod (Gʻozovot)ni egallaydi. Junaidxon va Xon Eshon Qoʻshkoʻpirga kelishib, qamoqqa olinganlarni ozod qilishni soʻrab, yana Xivaga talabnoma yuborishgan. Biroq Kolosovskiy tomonidan qamoqda yotgan qoʻzgʻolonchilarning rahbarlari (8 kishi) Xoʻjaelida oʻldirilgan edi. 8 fev.fevral
 
da qoʻzgʻolonchilar Yangi Urganch sh.ni egallab, shaharliklardan 50 ming soʻm tovon puli undirishgan. Junaidxon egallagan va u hali bormagan hokimliklar aholisi uning fuqaroligini qabul qilishgan. Turkiston oʻlkasi generalgubernatori Martsonning Petrogradga — Rossiya harbiy ishlar vaziri nomiga yoʻllagan telegrammasida aytilishicha, 8 fev.dafevralda Xonqa hokimligi aholisi eshonlar boshchiligida Junaidxonning fuqaroligiga oʻtgan. 10 fev.dafevralda qoʻzgʻolonchilar Xivani qamal qilishgan. 13 fev.gafevralga oʻtar kechasi Junaidxon qoʻshini Xivaga kirib, xon saroyini egallaydi. Biroq Asfandiyorxon oʻz oʻrnida qoldirilib, undan 18 ming soʻm tovon puli olingan.
 
Turkiston oʻlkasi generalgubernatori Xivadagi qoʻzgʻolon Zakaspiy obl. va butun Turkiston oʻlkasiga tarqalib ketishidan xavfsirab, Sirdaryo obl. harbiy gubernatori generalleytenant Galkin boshchiligidagi harbiy otryadni Xivaga yubordi. Galkin jazo otryadi 15 fev.dafevralda Xivaga yetib kelib, Kolosovskiy otryadi bilan qoʻshilgan. X.q.ning 3bosqichi (1916 y. 15 fev.fevral — 4 may)ni jazo otryadi tomonidan bostirish jarayoni ana shunday boshlandi. Bu paytda Junaidxon qoʻshini Xiva bilan Yangi Urganch va PetroAleksandrovsk (hoz. Toʻrtkoʻl) oʻrtasidagi telegraf aloqasini uzib tashladi. Biroq Junaidxonning qoʻshini butun xonlikdagi shaharlarda sochilib ketganligi sababli u Galkin jazo otryadi siquviga dosh bera olmay, 16 fev.fevral da Xivani tark etishga majbur boʻldi. 15 rota, 5 ta kazak yuzligi va 16 ta toʻpdan iborat Galkinning jazo otryadi 15 mart ertalab Xivadan Gʻoziobodga yoʻl oddi. Gʻoziobodda ular qatgiq qarshilikka uchrashdi. 16 martda Gʻoziobod bosib olinib, shaharga oʻt qoʻyildi. 19—20 martda Taxta qalʼasi egallanib, Junaidxon, Xon Eshon va ularning safdoshlariga qarashli hovlilar vayron qilindi. Junaidxon esa 19 aprelga oʻtar kechasi Sundukli daradan Eronga oʻtib ketgan.
 
Galkin jazo otryadi 24 aprel — 4 mayda Koʻhna Urganch, Xoʻjaeli, Porsu, Ilonli (Ilalli), Toshhovuz, Gurlan, Yangi Urganchda boʻlib, qoʻzgʻolonchilarni jazolagach, Xivaga qaytadi. Mustamlakachilar xonlik aholisidan katta miqdorda tovon puli (mas, Xoʻjaeli fuqarolaridan 100 ming soʻm) olishgan. Jazo otryadi faqat qoʻzgʻolonchilarni emas, balki ularning oila aʼzolari va qarindoshurugʻlarini ham shafqatsiz jazoladi, tinch aholi vakillari oʻldirildi.
516 159

ta tahrir