Xorazm Xalq Sovet Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
'''Xorazm xalq sovet respublikasi''' (XXSR) (19201924) - Xiva xonligi hududida xonlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Mayd. 62.200 km2, aholisi 550 ming kishi (1920). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar (65%), qisman turkmanlar (26,8%), qoraqalpoqlar (3,8%), qozoqlar (3,4%) va b.dan iborat. XXSR maʼmuriy jihatdan 4 ta viloyat (Hazorasp, Yangi Urganch, Toshhovuz, Xoʻjayli) va 26 ta tumanga boʻlingan (1923). XXSR hududi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR, Qozogʻiston ASSR bilan chegaralangan. Poytaxti — Xiva sh.
 
Xivada xonlik tuzumi agʻdarib tashlangan kun — 1920 y. 2 fev.dafevralda Yosh xivaliklar partiyasi aʼzolarvdan iborat, (5 kishi kirgan) Muvaqqat inqilobiy qoʻmita — revkom (raisi Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov) tuzilgan. Bu qoʻmita 2 oy davomida ham qonun chiqaruvchi, ham ijro qiluvchi hokimiyat vazifasini bajargan. 9 aprelda mazkur qoʻmita ishini yaxshilash maqsadida uning tarkibida 10 kishidan iborat dastlabki xalq hukumati — Nozirlar Shoʻrosi tashkil qilindi. Hukumat tarkibiga Jumaniyoz Sultonmurodov (Muvaqqat inqilobiy hukumat raisi; xorijiya — tashqi ishlar noziri), Odamoxun Ortiqov (hukumat raisi yordamchisi), Mulla Navroʻz Roʻziboyev (hukumat kotibi), Mulla Oʻroz Xoʻjamuhamedov (hukumat kotibi yordamchisi), Matlapoboy Madrahimov (moliya noziri), Shayxutdin Hasanov (harbiy ishlar noziri), Polvonniyoz Hoji (Polyozhoji) Yusupov (oliy mufattish — davlat nazorati noziri), Eshchonqori Jabborqulov (xalq xoʻjaligi noziri), Mulla Bekjon Rahmonov maorif noziri), Bobooxun Salimov (adliya noziri) kirishdi. Asosan, yosh xivaliklardan iborat boʻlgan hoʻkumat aʼzolari Xorazmda agʻdarib tashlangan xonlik hukumati oʻrniga demokratax respublika qurish uchun intildilar.
 
1920 y. 26 — 30 aprelda Butun Xorazm xalq vakillarining 1 qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi — XXSR tuzilganligi tantanali ravishda eʼlon qilingan. Qurultoyda 15 kishidan iborat XXSR hukumati — Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi P. Yusupov) tuzildi.
Qator 23:
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR). 1923 y. 17 20 okt.da boʻlgan Butun Xorazm xalq vakillarining 4qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 20 okt.da XSSRning 5 boʻlim va 12 bobdan iborat yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik qurilish yoʻliga oʻtishini qonun yoʻli bilan mustahkamladi. Unga muvofiq, yerning xususiy mulk ekanligi bekor qilindi, vaqf yerlari butunlay tugatildi. Mavjud yerlar umumxalq mulki deb eʼlon qilinib, barcha vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga berildi. Kozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil qilindi. Shu tarzda 1923 y. okt. oyidan boshlab Xorazm Respublikasidagi demokratik oʻzgarishlarga chek qoʻyildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarildi. Hukumatning keskin yangi siyosatidan norozi boʻlgan barcha kishilar bunday vaziyatda istiqlolchilar safini toʻldirdilar. Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat Xorazm vohasiga ham keng tarqalgan edi. XSSRning markaziy va jan. qismlarida koʻplab sardor va qoʻrboshilarning harakatlari yanada avj oldi.
 
1923 y. dek.da Pitnak, Hazorasp, Bogʻot, Xonqa tumanlarida yangi sovet hukumatiga qarshi dehqonlarning ommaviy qoʻzgʻolonlari boshlanib ketdi. Qoʻzgʻolonchilar joylardagi sovet tashkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti Xiva sh. ustiga yurish boshladilar. Qoraqumda turgan Junaidxon qoʻshinlari ham gʻarb tomondan, bir vaqtning oʻzida shaharga qarab harakat boshladi. 1924 y. 10 yanvardan boshlab Junaidxonning 15 ming kishilik otliq va piyodalardan iborat qoʻshini Xivani qamal qilishga kirishgan. 16 yanvarda XSSRda harbiy holat joriy qilindi. Qizil armiya qoʻmondonligi zudlik bilan Xorazmga katta mikdordagi harbiy kuchlarni joʻnatgach, 1924 y. fev.fevral oyining boshlarida xalq qoʻzgʻoloni bostirildi va bolsheviklar davlatning yangi jazolash (qatagʻon) organlarini tashkil qilishdi. 1924 y. 20 fev.dafevralda sovet prokuraturasi tuzildi. Shuningdek, Xorazmdagi viloyatlarda 5 ta sovet xalq sudlari ham tashkil qilindi. Bu davrda harbiy tribunal va Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) faoliyati yanada kuchaytirildi. Bu jazolash organlari kommunistik mafkurani tan olmagan qar qanday kishilarni qatagʻon qilishni avj oldirdi.
 
Oʻrta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Sredaz EKOSO)ning tazyiqi natijasida 1923 y. yozida Xorazmdagi milliy valyuta RSFSR rubliga (10 Xorazm soʻmiga 1 RSFSR rubli nisbatida) almashtirilgan edi. 1924 y.dan boshlab Xorazm Respublikasi ham xuddi BXSR singari SSSRning yagona bank va moliya tizimiga toʻliq tortildi. XSSR armiyadan keyin davlat mustaqilligini muhim timsoli boʻlgan milliy valyutadan ham mahrum qilindi.