Yangi Zelandiya — versiyalar orasidagi farq

k
fev. → fevral
k (noyab. → noyabr)
k (fev. → fevral)
Aholisining asosiy qismi yangi zelandiyaliklar; ular yangi zelandiyalik inglizlar va maorilar (15%) ga boʻlinadi. Bundan tashqari, polineziyaliklar, ingliz, shotland, irland, xitoy, hind va boshqalar xalklar ham yashaydi. Rasmiy tillar — ingliz va maori tillari. Dindorlarning aksariyati — protestantlar. Shahar aholisi 85%. Yirik shaharlari: Vellington, Oklend, Kraystcherch.
 
Tarixi. Ya.Z.ga 10—14-asrlarda maorilar kelib joylashgan. Yevropaliklardan birinchi marta 1642 yil gollandiyalik dengizchi A.Tasman borgan. 1769— 70 yillarda ingliz dengizchi sayyohi J.Kuk orollarni tadqiq qilgan. 19-asr ning boshlarida yevropaliklarning dastlabki aholi punktlari paydo boʻldi. Ayni vaqtda maorilarga tegishli yerlarni bosib olish jarayoni boshlandi. 1840 yil dastlabki ingliz muhojirlari Vellington shahrini barpo etdilar. 1840 yildan Angliya Ya.Z. ni oʻz mustamlakasiga aylantirdi. 1843 yil maorilarning ingliz mustamlakachilariga qarshi qurolli qoʻzgʻoloni boshlandi. 1872 yilga kelib maorilarning qarshiligi toʻla bostirildi. 1907 yil Ya.Z. dominion maqomini oldi. 1-jahon urushi (1914—18)da Ya.Z. Buyuk Britaniya tomonida boʻldi. Urushdan soʻng Ya.Z. Germaniyaning sobiq mustamlakalari boʻlgan Gʻarbiy Samoa va Nauruni Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan birgalikda boshqarish uchun mandat oldi. 1926 yilgi imperiya konferensiyasi va 1931 yilgi Vestminster statuti bilan tasdiqlangan qarorlar asosida Ya.Z. tashqi va ichki ishlarda toʻla mustaqillikka ega boʻldi. Ammo 2-jahon urushi (1939—45) gacha Buyuk Britaniya Ya.Z.ning barcha tashqi aloqalarini nazorat qilib turdi. 2-jahon urushida Ya.Z. antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. 1930-y.lardan hokimiyatni navbatmanavbat Milliy partiya va Leyboristlar partiyasi egallab kelmoqda. Ya.Z. 1945 yildan BMTaʼzosi. 1992 yil 19 martda OʻzR suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 fev.fevral — Vaytanga kuni (1840).
 
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Umumiy kelajak partiyasi, 2002 yil tuzilgan; Leyboristlar partiyasi, 1916 yil asos solingan; Ya.Z. milliy partiyasi, 1936 yil tashkil etilgan; Ya.Z. demokratik partiyasi, 1954 yil tuzilgan; Sotsialistik birlik partiyasi, 1993 yil tashkil etilgan; Taraqqiyparvar koalitsiya, 2002 yil tuzilgan. Ya.Z. kasaba uyushmalari kengashi, 1987 yil asos solingan.
516 159

ta tahrir