Yer sunʼiy yoʻldoshlari — versiyalar orasidagi farq

k
fev. → fevral
k (apr. → aprel)
k (fev. → fevral)
'''Yer sunʼiy yoʻddoshlari''' (YESY) — Yer atrofidagi (geotsentrik) orbitaga ilmiy yoki amaliy (hayotiy) muammolarni hal qilish uchun chiqarilgan kosmik apparatlar (KA). Birinchi sunʼiy yoʻldosh sobiq Ittifoq hududidan 1957 y. 4 okt.da uchirilgan. YESY ga oʻrnatilgan apparatlar yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarida uning zichligi, ionosferada radiosignallarning tarqalishi oʻrganildi. 1958 y. 1 fev.dafevralda AQSH "Eksplorer-1" sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. 1965 y. 26 okt.da Fransiya, 1970 y. 11 fev.dafevralda Yaponiya, 1970 y. 24 aprelda XXR, 1980 y. 18 iyulda Hindiston birinchi YESY ni uchirishdi.
 
Vazifasiga koʻra, YESY ilmiy tadqiqot yoki amaliy xillarga boʻlinadi. I. t. YESY Yerni, boshqa osmon jismlarini, kosmik fazoni tadqiq etish yoki biologik eksperimentlar oʻtkazish uchun xizmat qiladi. Ularga geofizik, geodezik tadqiqot YESY va b. kiradi. Amaliy YESY ga esa aloqa, meteorologik YESY, Yer tabiiy resurslarini oʻrganishga moʻljallangan YESY, navigatsiya YESY, texnik vazifalarni bajarishga moʻljallangan va harbiy maqsadlar uchun uchirilgan YESY kiradi. Ayrim YESY ham ilmiy, ham amaliy masqadlarni koʻzlab uchiriladi.
516 159

ta tahrir