Yosh buxoroliklar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k noyab. → noyabr |
DastyorBot (munozara | hissa) k fev. → fevral |
||
Qator 1:
'''Yosh buxoroliklar''' - Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi). Dastlab "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan. 1910—20 y.larda "YO. b." partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari vakillari kirgan. Ular boshida mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar oʻtkazish, konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori boʻlgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Otaulla Xoʻjayev, Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Homidxoʻja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim Yo. b.ning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik uning faoliyatida Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov katta rol oʻynashdi. Yo.b. iqtidorli yoshlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga oʻqishga joʻnatdi. Ular partiyaning moddiy mablagʻi hisobidan taʼlim olishgan. Fayzulla Xoʻjayev va Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablagʻ ajratgan. Istanbulda "Buxoro taʼlimi maorif jamiyati" tashkil qilinib, jamiyat aʼzolari Turkistonda maorif tizimini rivojlantirishda muhim ishlar qilishdi. Jamiyatning koʻmagi bilan Fitrat va b. taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda nashr qilinib, Turkiston mintaqasiga tarqatildi. Yo. b.ning maqsadi yangi usul maktablarini ochish, bolalarning savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini oʻstirish, maktab, Madrasa, oʻquv tizimini isloh qilish edi. Buxoroda boshlangan harakat tezda Shaxrisabz va Karkigacha tarqaldi. 1912 y. Buxoroda dastlabki gaz.lar — tojik tilida "Buxoroyi sharif" va oʻzbek tilida "Turon" chika boshladi. Gaz.larni moddiy jihatdan taʼminlash va nashr ishlarini yoʻlga qoʻyishda Muhiddin Mansurov va Mirzo Siroj Hakim muhimroloʻynashdi. Biroq 1913 y. yanvar
da bu gaz.larning faoliyati rus maʼmurlari tomonidan taqiqlab qoʻyildi. Istanbulda taʼlim olgan koʻplab buxoroliklarning yurtiga kaytishi bilan maorif ishlari yana jonlandi. 1914 y.dan boshlab Yo. b. maʼrifatchilikdan siyosat sohasiga oʻtdilar. Yo. b. amirlik tuzumini isloh qilish toʻgʻrisida dadil fikrlar bilan maydonga chiqishdi. Ularning ijtimoiy, siyosiy, maʼrifatparvarlik faoliyati partiya mazmunida endilikda yangicha maqsad va yoʻnalish kasb etdi. Buxoroda "Maʼrifat" kutubxonasi va "Barakat shirkati" tuzilib, ular kitoblar nashr qilish va xorijda chiqarilgan turli adabiyotlar, gaz. va jur.larni Buxoroda tarqatish bilan shugʻullanadilar. Bu ishlarda A. Burhonov, A. Hamdiy, Mirzo Siroj Hakim faollik koʻrsatishdi. Biroq ularning maʼrifatparvarlik intilishlari avval amir Abdulahad, soʻngra uning oʻgʻli Olimxon tomonidan katta qarshilikka uchradi. 1917 y.
da amir oʻz farmonini bekor qildi. Yo. b. endi amir hokimiyatiga qarshi yashirin kurash yoʻliga oʻtdi. Ular Buxoro sh.ni tark etishga majbur boʻldi va Yangi Buxoro (Kogon)ga kelib oʻrnashdi. Kogonda ular safiga Buxorodan avval chiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov oʻgʻillari (Abdulqodir, Amin, Isom Muhidsinov) va b. bilan kelib qoʻshildi. 1917 y. aprel vokealari Yo. b. partiyasi ichidagi boʻlinishni chukurlashtirdi va unda A. Burhonov boshchiligidagi oʻng qanot vaqtinchalik ustun keldi. Keyinchalik Yo. b. partiyasidan qisman isloxrtlar oʻtkazish tarafdori boʻlgan jadidlarning ulamolar bilan bogʻlangan Ikrom domla boshchiligidagi guruhi ajralib chikdi. Yo. b. safidan yirik sarmoyadorlar chiqib, unga koʻproq shahar kambagʻallari kirdi.
Qator 9:
da Fitratga topshirdi. Fitrat bu paytda Samarqandda chiqayotgan "Hurriyat" gaz.ning bosh muharriri edi. Markaziy qoʻmita Fitrat tomonidan 1918 y. yanvar
da yozilgan Yo. b. partiyasining dasturini tasdikladi va islohot loyihasi sifatida eʼlon qildi. Unda mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini taʼminlash, madaniy taraqqiyot, dehqonchilik va soliqtizimi masalalariga alohida eʼtibor berildi, zamonaviy armiyani tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy oʻquv yurtlari ochish, 10 nozirlikdan iborat Nozirlar kengashi tuzish taklif etildi. Fayzulla Xoʻjayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini taʼkidladi. Okt. toʻntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Qoʻqon sh.da faoliyat koʻrsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumatini qizil askarlar va arman dashnoqlarining qurolli kuchlari yordamida 1918 y. 19—12
da Turkfront qoʻmondoni M. V. Frunze boshchiligidagi qizil askarlar keskin janglardan soʻng Buxoro sh.ni bosib oldi (q. [[Buxoro bosqini]]). Amir Olimxon hokimiyati agʻdarib tashlandi. Xalq Nozirlar Shoʻrosi, Inqilobiy qoʻmita va BKP MKning umumiy yigʻilishida (1920 y. 14 sent.) 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (raisi—Abdulqodir Muhiddinov) va respublika hukumati — 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi — Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi (q. [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi]]). Yo. b. oʻz islohotchilik gʻoyalarini yangi hukumatdagi faoliyati davomida amalga oshirishga harakat qildi. Buxoroda amirlik tuzumini agʻdarib tashlashdek oʻz tarixiy vazifasini bajargan Yo. b. partiyasining aʼzolari 1920 y. 11 sent.da umumiy asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi. Yo. b. partiyasining ayrim aʼzolari (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va b.) keyinchalik Buxorodagi istiqlolchilik harakati saflariga oʻtib, kizil askarlarga karshi kurashda katnashdi. 1923 y. iyunda Moskvaning qatʼiy talabi bilan Otaulla Xoʻjayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xoʻjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (Ekoso raisi) va b. sobiq Yo. b. lavozimlaridan olinib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Yo. b. safidagi jadidlarning deyarli hammasi 30y.larning oʻrtalarida qatagʻon qilindi. == Adabiyot ==
|