Zambiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 14:
Zambiya hududida uzoq oʻtmishda odamlar yashagani maʼlum. Aniklangan yodgorliklar paleolit davriga mansub. Kabve sh. atrofida ibtidoiy inson suyaklari topilgan. Guisho bulogʻi yaqinida va Nachikufu gʻorida istiqomat qilgan kishilar ov va yovvoyi mevalarni terish, baliqchilik bilan shugʻullanganliklari aniklangan. 17—18a.larda Z.da bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar hukmronlik qilgan. Bu davrda dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik rivojlangan. 18-a. oxirida Z.ga portugallar, keyinchalik inglizlar kirib kelgan paytda kichikkichik davlatlar va qabila uyushmalari boʻlgan. Ularning moddiy madaniyati yuqori darajada rivojlangan edi. 19a.
 
ning 90y.larida Z.ni Britaniyaning S. Rode boshchiligidagi Jan. Afrika kompaniyasi bosib olib, dastlab ikki hududga boʻlib boshqardi. 1911 y. bu ikki hudud Shim. Rodeziya nomi bilan birlashtirildi. 1924 y. Shim. Rodeziya Britaniya protektorati deb eʼlon qilindi. Yirik mis va polimetall ruda konlari topilishi bilan konchilik sanoati rivojlandi, shaharlar va t.y.lar qurila boshladi. Anʼanaviy dehqonchilik tanazzulga uchrab, dehqonlar xonavayron boʻldi. 20—30y.larda mustamlaka tuzumiga qarshi uyushgan holda kurash boshlandi. 1935 va 1940 y.lari mis konlarida yirik gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Noroziliklar qurol yordamida bostirildi. 2jahon urushidan soʻng Shim. Rodeziyada mustamlakachilarga qarshi kurash kuchaydi. Bunga Afrika milliy kongressi, Afrika kon ishchilari kasaba uyushmasi rahbarlik qildi. 1953 y. Rodeziya Federatsiyasi va Nyasalend tuzilib, unga Shim. Rodeziya ham qoʻshib olindi. 1958 y. 3. milliy kongressi Afrika milliy kongressidan alohida partiya boʻlib ajralib chiqdi. Keyinchalik uning asosida K. Kaunda rahbarligida Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi tuzildi (1959). 60y.lar boshida mamlakatda federatsiyadan chiqish va mustaqil davlat tuzish uchun kurash kuchaydi. Natijada Shim. Rodeziya 1964 y. yanvarda oʻzini oʻzi idora qilish huquqini oldi. 24 okt.da esa mustaqil 3. Respublikasi deb eʼlon qilindi va prezidentlikka K. Kaunda saylandi. 1968—69 y.larda 3. hukumati mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida eng yirik chet el savdo, sanoat va mis konlari kompaniyalari ustidan nazorat oʻrnatdi. 1973 y.dagi konstitutsiyaga koʻra, "Zambiya insonparvarligi" siyosiy dasturi qabul etildi. U xususiy mulkchilikni saklab qolgan holda oddiy inson ehtiyojlarini toʻliq qondirish maqsadini qoʻydi. 1991 y. koʻp partiyali asosdagi saylovda F. Chiluba prezidenta etib saylandi. 1964 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlari 1994 y. 1 fev.dafevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 24 okt. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1964). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat, 1990 y.da tuzilgan; Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi, 1959 y.da tuzilgan; 3. demokratik kongressi, 1995 y. tuzilgan; Milliy partiya, 1993 y. tuzilgan; 3. kun tartibi, 1996 y. asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun anjuman, 2001 y.da Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat partiyasi parchalanishi natijasida tuzilgan. 3. kasaba uyushmalari kongressi 1965 y.da tuzilgan, Umum Afrika kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.
 
Xoʻjaligi. 3. mustamlakaga aylangan davrdan uning iqtisodiyoti dunyo bozoriga, asosan, Buyuk Britaniyaga fakat mis va polimetallar yetkazib berishga ixtisoslashib, xoʻjaligining boshqa tarmoqlari kon sanoatiga xizmat kilib keldi. Yalpi ichki mahsulotda togʻkon sanoati 9%, i.ch. sanoati 31,8%, q.x. 18% ni tashkil etadi. Sanoati. Togʻkon sanoati va rangli metallurgiya rivojlangan. 3. mis rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Mis 6 yirik kondan kazib olinadi. Mis bilan birga kobalt, kumush va oltin ham chiqadi. Polimetall rudalari va kadmiy, gips, talk va qurilish materiallari konlari ham bor. I.ch. sanoati rangli metallurgiya korxonalaridan tashqari oziqovqat, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, metallsozlik, sement sanoati tarmoqlaridan iborat. Tegirmonlar va novvoyxonalar, kushxonalar, qand zdlari, sut mahsulotlari, sariyogʻ, mol yogʻi va oʻsimlik moyi i.ch. korxonalari, tamaki korxonalari ishlaydi. Kafueda toʻqimachilik, Lusakada paxta tozalash fkalari bor. Kime va neftni qayta ishlash sanoati oʻgʻitlar, boʻyoqlar, loklar, avtoshinalar, plastmassa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Chilanga va Ndoladagi sement zdlari binokorlik ashyolari sanoatida yetakchilik qiladi. KapiriMposhida oyna va shisha idishlar ishlab chikaruvchi zdlar, Luanshyeda elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiy buyumlari, Lusakada qora metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zdlar mavjud. Mashinasozlik korxonalari orasida eng yirigi — Livingstondagi avtomobil yigʻuv zdidir. Radioapparatlar, q.x. anjomlari ishlab chiqaruvchi zdlar ham bor. Bir yilda oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chikariladi.