Imomqulixon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Buxoro hukmdorlari}}
 
'''Imom Quli''' - [[Buxoro]] xoni (1611 — 1642)
 
'''Imomqulixon Ibn Dinmuhammadxon''' (1589—1650) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi ashtarxoniylar sulola-sini boshqargan Buxoro xonligi xukmdori (1611—42). Vali Muhammadxon Erondan olib kelgan qoʻshinga qarshi Buxoro xalqining kurashiga rahbarlik qilib qozoqlar yordamida eroniylarni tor-mor keltirgan. Sungra 1611 y. Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga yurish qilib isyonkor qozoq, qalmoq, qoraqalpoqlarni boʻysundirgan. I. 1612 y. Toshkentni egallab oʻgʻli Iskan-darni hokim etib tayinlagan, ammo, shahar aholisi uning nojoʻya xattiharakatlaridan norozi boʻlib isyon koʻtarib Iskandarni oʻldirgan. Bundan gʻazablangan I. Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qoʻshin yigʻib kelib, Toshkent aholisini qirgʻin qilgan (q. [[Toshkent qirgʻini]]). Buxoro xonligida ichki nizolar juda kuchli boʻlgan. Toshkent, Balx, Samarqand viloyatlari ochiqdanochiq markaziy hokimiyatga qarshi siyosat yurgizishardi. I. bu kurashlarga barham bergan. I. darvishlarni qoʻllabquvvatlagan, atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan, oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Koʻchmanchilar bilan olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan or-tiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan. Rossiyaning josus elchisi I. D. Xoxlov 1620—22 y.larda Buxoroda boʻlgan. I. koʻr boʻlib qolgach, taxtni ukasi Nadr (Nodir) Muhammadga topshirgan (1642). Oʻzi hajga ketib, oʻsha yerda vafot etgan.