Oʻktam Usmonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Usmonov Oʻktam''' (1938.25.7 [[Qibray tumani]] Baytqoʻrgʻon qishlogi — 1990.3.1) — yozuvchi, jurnalist. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarixfilol. ftini tugatgan (1959). "Lenin uchquni", "Sovet Oʻzbekistoni" gaz.larida adabiy xodim va boʻlim mudiri (1959—72). Respublika partiya MKda masʼul xodim (1972— 82), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1983—86), "Sovet Oʻzbekistoni" gaz.da Bosh muharrir (1987—90). Dastlabki hikoyalari 50-y.
 
larning oxirlarida eʼlon qilingan. Birinchi hikoyalar toʻplami — "Guldasta" (1964). Shundan keyin "Bas boylashgan bola" (1965), "Bahor chaqmoqlari" (1970), "Notinch kecha" (1976), "Sirli sohil" (1981), "Kishan" (1984), "Qismat" (1988) hikoyalar va qissalardan iborat kitoblari chop etilgan. U. ijodida "Girdob" (1979) romani muhim oʻrin tutadi. Roman asosida yaratilgan videofilm xalq orasida shuhrat qozongan. Asarda ziyolilarning mashaqqat va izlanishlarga toʻla hayoti, haqiqat va nohaqlik oʻrtasidagi shiddatli kurashlar, ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlangan. Aziz, Mahamatchatoq obrazlari qayotiy, samimiy boʻyoqlarda chizilgan. T. Drayzerning "Amerika fojiasi" romanini, A. Shirvonzodaning "Nomus" qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.