Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Qamrovi: + Info
Qator 144:
Oʻzbek sovet ensikopediyasi keng ommaga moʻljallangan boʻlib, unda koʻp mavzuda chuqur maʼlumot berilgan. Ensiklopediyadagi aksar maqolalar [[Katta sovet ensiklopediyasi]]dan olingan. [[Oʻzbeklar]] va [[Oʻzbek SSR]] haqidagi maqolalar boʻlsa butunlay yangidan yozilgan. Har bir jildni yozish uchun oʻrta hisobda 800 muallif qatnashgan. Yozuvchilar orasida [[SSSR Fanlar Akademiyasi]] va OʻzSSR Fanlar Akademiyasi aʼzolari boʻlgan.
 
== Tanqidi ==
OʻzSE sovet davrida yozilgani uchun undagi maqolalarning aksari [[kommunizm|kommunistik]] mafkuraning taʼsiri ostida yozilgan. OʻzSEda shu ensiklopediyaning oʻzi haqidagi maqolada „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi (OʻzSE) — oʻzbek xalqining birinchi markscha-lenincha ensiklopediyasi“, — deb yozilgan.<ref name="OʻzSE"/> Ensiklopediya muqaddimasida boʻlsa:
<blockquote>OʻzSE ga kiradigan maqolalar markscha-lenincha metodologiyaga amal qilib tayyorlanadi. Burjua tuzumini yoqlovchilar, antikommunizm targʻibotchilari, oʻng va „soʻl“ revizionistlarning gʻayri ilmiy nazariyalari qomus sahifalarida ilmiy asosda tanqid qilinadi,<ref name="Muqaddima"/></blockquote>