Barlos — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
'''Barlos''', barulas, ballos — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-a. 2-yarmida Ila(Ili) daryosi boʻylaridan Qashqadaryo vohasiga koʻchib kelgan. 14—15-a.larda shu voha aholisining siyosiy, iqgisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. Amir Temur B. qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. B.larning bir guruhi temuriylar va boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. 19-a.da birgina Dexli sh. atrofida 15 ming B. yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo B. qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning jan. hududlarida qolib dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. B.lar [[turkiy tilningtil]]ning qorluqchigil[[qorluq-chigil lahjasidalahjasi]]da soʻzlashgan.
 
== Adabiyotlar ==