Shayboniylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
 
{{Shayboniylar}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shayboniylar''' - Buxoro xonligini boshqargan sulola (1500—1601). Shayboniyxon asos solgan. Shayboniyxon 15a. oxiri va 16-a. boshlarida tojtaxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar (q. [[Temuriylar]])nhht oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. Keyinchalik Movarounnahrning qolgan hududi va Xuroson ham bu davlat tarkibiga kiritildi. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda Shayboniyxon oʻldirilgach (1510), Koʻchkunchixon xon qilib koʻtarilgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Abu Saidxon qisqa muddat (1530—33) hukmronlik qildi. Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarkanddan Buxoroga kuchirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan boʻlgan. Xususan, Ubaydullaxon Sh. sulolasini saklab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol oʻynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga boʻlinib, Buxoroda Abdulazizxon, 1557 y.dan Abdulla Sulton (Abdullaxon II; Iskandarxonnmit oʻgʻli); Samarqandda Abdullaxon I, Abdullapshfxon, Baroqxon; Balxda Pirmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarkrklikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan. Abdullaxon II vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II (Sulaymon sultonning oʻgʻli) qisqa muddat xon boʻlishgan. 16-a. oxiri — 17-a. boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Sh. hokimiyatdan ayrilishdi. Soʻnggi shayboniy Pirmuhammadxon II oʻziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601 y. iyunda Samarkand yaqinidagi Bogʻi Shamolda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 1601 y.dan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola — ashtarxoniylar (joniylar) boshqarishga kirishgan.
Qator 9:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{Shayboniylar}}
 
 
{{OʻzME}}