Gretsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 109:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti [[Islom Karimov]]ning [[1997-yil]] 31-mart — 2-aprelda Yunonistonga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga yangi omil baxsh etdi. Tashrif natijasida „Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma“, „Ikki yoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik haqida konvensiya“, „Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoyalash“, „Iqtisodiy va texnologik hamkorlik“, „Maorif, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish“, „Turizm sohasidagi hamkorlik“ toʻgʻrisida bitimlar, „Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan Yunoniston eksportga koʻmaklashish tashkiloti oʻrtasida hamjihatlik va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum“ imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy negizi „Oʻzbekiston Respublikasi bilan [[Yevropa Ittifoqi]] oʻrtasida sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim“ qoidalariga ham asoslanadi. [[2000-yil]]da Oʻzbekistonning Yunoniston bilan tovar aylanmasi: eksport 13,7 mln., import 3,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistondan Yunonistonga rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, tabiiy va sunʼiy moʻyna hamda undan tayyorlangan mahsulotlar eksport qilingan boʻlsa, importning asosiy turlari oʻsimlik yogʻi, sariyogʻ, sovun, yuvish vositalari va surkov moylari, tamaki, asbob-uskuna, efir yogʻi va pardoz vositalari, qayta ishlangan meva, sabzavot, yongʻoq, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, plastmassa, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va boshqadan iborat boʻldi.
 
[[1995-yil]]i yanvaran „[[Oʻzbekiston Havo Yoʻllari]]“ milliy aviatsiya kompaniyasining samolyotlari oyiga 2 marta Afinaga borib kelmoqda. „Oʻzeltexsanoat“ uyushmasi bilan grek kompaniyasi oʻrtasidagi bitimga binoan „Foton“ aksiyadorlik jamiyatida „Sileks“ nazorat-kassa apparatlarini birgalikda i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonning Janubiy Yevropa va [[Yaqin Sharq]]qa boradigan transport yoʻlagini kengaytirish maqsadida G. imkoniyatlari urganilayotir. Mayda va oʻrta biznes sohasida ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyati bor. Oʻzbekiston Respublikasida grekyunon sarmoyasi ishtirokidagi 33 qoʻshma korxona mavjud (2001). Ular orasida „Omegasitora“, „Olimpik-ToshkentFurs“, „Agrofur“, „Oʻz-Ellas“, „Buyuk Turon Ink“, „Turon-Trast“ kabilar bor. Yunon sarmoyasi yuz foiz boʻlgan 6 korxona faoliyat koʻrsatayotir.
 
Yunon sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining asosiy sohalari kiyimkechak, charm va moʻyna buyumlar, binokorlik matoriallari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, savdo-sotiq, lotereya oʻyinlarini tashkil etish va boshqalardan iborat.