Meʼmorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Birlashtirish birlashtirish|Meʼmorchilik}}
'''Meʼmorlik''', arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uyjoylar, meʼmoriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan M.ning jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish sohasi bogʻsozlik (bogʻ-park) sanʼatidir.