Familiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Vikifikatsiya
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
 
==Oʻzbek familiyalari tarixi ==
Ilk familiyalar shaxs tugʻilgan yoki uning "nasliy merosi" joylashgan joy nomiga nisbatan berish orqali yasalgan. [[Gʻarbiy Yevropa|Gʻarbiy Yevropada]] F. qoʻllash 15-a.dan odat tusiga kirdi va, asosan, yuqori tabaqa orasida tarqaldi. Oʻzbeklarda oʻtmishda hozirgi maʼnodagi F. boʻlgan emas. Lekin F. va otaning nomini bildirish uchun qoʻllangan vositalar qadimdan mavjud edi. 6—7-a.lardan ota ismidan keyin "oʻgʻli", "qizi" soʻzlarini keltirish orqali (mas, ''Bayna Sangnun oʻgʻli''), keyinroq ayni vaqtda arablar taʼsirida "ibn" (oʻgʻli) (mas., ''Ahmad ibn Muhammad''), "bint" (qizi) kabi arabcha soʻzlar yordamida nomlashlar boʻlgan. 20-a.ning 20—30-y.larida oʻzbeklarning F.lari, asosan, ''Ahmad Fozil oʻgʻli, Xakima Fozil qizi'' tarzida yuritilgan. Shuningdek, bu davrda ziyolilar orasida qisman "zoda" (''Hamza Hakimzoda, Turgʻun Sharifzoda''), "iy", "viy", "iya", "viya" (''Abdulla Qodiriy, Abdulla Alaviy, Mirzakalon Ismoiliy, Muzayyana Alaviya'') qoʻshimchalari orqali ismF., taxalluslar yasash ham odat boʻlgan; baʼzida qoʻshimchalarsiz ham quyidagi shaklda atalgan: ''Parda Tursun, Sulton Joʻra, Ilyos Muslim''. 30-y.larning oʻrtasi va 40-y.lardan ov, (ova), yev (yeva) qoʻshimchalari yordamida hosil qilingan F.lar oʻzbeklarda muayyan tartibga aylanib, keyinroq qatʼiy qoida qilib olindi.
 
Mustaqillik davrigacha F. yasashning shundan boshqa barcha milliymahalliy shakllarini rasmiy ravishda yozish man qilingan edi. Bu qoidaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish idoralari, pasport boʻlimlarida qatʼiy amal qilib kelindi. Mustaqillik kishilarga F. va ota ismini, ularning shaklini erkin tanlash huquqini ham berdi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga koʻra, har bir fuqaro oʻz F. siga ega boʻlishi zarur. Bunday zaruriyat fuqaroni jamiyatning boshka aʼzolaridan ajratib turishda, unga tegishli huquq va majburiyatlarni belgilashda va uni huquq subʼyekti sifatida tan olishda muhim ahamiyatga ega. Fuqaroning F.si u tugʻilgan paytda tugʻilganlik holatini qayd etish guvohnomasida rasmiylashtiriladi va ota yoki ona tomonidan yoki ularning kelishuviga koʻra tanlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 69moddasiga muvofiq, bola ism, ota ism va F. olish huquqiga ega. Fukaroning F.si uning hayoti davomida oʻzgartirilishi ham mumkin. Bola 10 yoshga toʻlguncha uning F.si otaona tomonidan bolaning roziligi bilan oʻzgartirilsa, 16 yoshga toʻlgan fuqaro otaonasining roziligi bilan oʻz F.sini oʻzgartiradi. 18 yoshga toʻlgan fuqaro esa, toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgach, hech kimning roziligisiz F.sini uzgartirishga haqli. Nikohdan oʻtish paytida er yoki xotin uz F.sini oʻzgartirishi mumkin. F. oʻzgartirilayotganda qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan talablarga amal qilish zarur. Fuqaroning F.si uning shaxsiy nomulkiy huquqi boʻlib fuqarolik va oila qonunchiligi tomonidan muhofaza etiladi. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi|Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining]] 1999 yil 12 aprel 171sonli qarori bilan tasdiklangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish" qoidalarida F.ni belgilash va uzgartirish tartibi belgilangan.
== Adabiyot ==
* Begmatov E.A., Oʻzbek ismlari, T., [[1998]].