Olimpiada oʻyinlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
Qator 7:
 
2) [[Yunoniston]]ning Olimpiya oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili)dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari [[Olimpiya hartiyasi]]da belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi [[Pyer de Kuberten]] (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894 yil [[Parij]]da Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). Oʻyinlar [[Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi]] (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga [[yengil atletika]], [[gimnastika]], [[suzish]], [[ogʻir atletika]], [[kurash]], [[boks]], [[qilichbozlik]], [[eshkak eshish]], [[velosport]], [[futbol]], [[basketbol]] musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi [[Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi|XOQ]] tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (q. [[Qishki olimpiada]]).
 
==Shior==
Olimpiada shiori "Tezroq, balandroq, kuchliroq" (lot. "Citius, altius, Sortius") [[1920]]-yildan olimpiada emblemasiga kiradi.