Yusupov Polvonniyoz Hoji: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k fev. → fevral
Qator 1:
#YOʻNALTIRISH [[Yusupov Polvonniyoz hoji]]
'''Yusupov Polvonniyoz Hoji''', Polyoz Hoji (1861 Xiva 1936.14.5) - Yosh xivaliklar partiyasining asoschisi, davlat arbobi. Xiva xonligi hududidagi jadidchilik harakatida faol qatnashgan.
 
Asfandiyorxonning jadidlarga qarshi siyosati natijasida Yu. 1917 yil oxiridan boshlab 2 yil davomida Toshkentda yashagan. Bolsheviklar taʼsiridagi Yosh xivaliklar inqilobiy qoʻmitasi raisi (1918 yil boshidan). Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissarligida Turkman shoʻʼbasi boshligʻi (1919). Xiva xonligi agʻdarilgach (1920 yil 1 fevral), yangi tashkil qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Shoʻrosining birinchi raisi (1920 yil 27 aprel — 1921 yil 6 mart).
 
YU.XXSR hukumati raisi sifatida mustaqil siyosat yuritish va Xorazm Respublikasida demokratik islohotlarni qaror toptirish uchun intilgan. Biroq Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti qoʻmondonligi Yu.ning bu siyosatiga qarshi chiqib, Xivada yangi hukumat toʻntarishini amalga oshirishgan. Yu. faol siyosiy kurashdan voz kechganligi uchun keyinchalik bolsheviklar tomonidan afv qilingan va XXSRda turli lavozimlarda xizmat qilgan.
 
== Adabiyot ==
* Matkarimov M., Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqtisodi, Urganch, 1993.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->